2018 yilning 27 aprelida Pxanmunjom (Koreya Respublikasi) çegara punktida Koreya Respublikasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) rahbarlari uçraşdi.

Muzokaralar çoğida ikki mamlakat rahbarlari Koreya yarim orolidagi yadrosizlaniş, Koreyalararo munosabatlarning yaxşilanişi hamda Seul va Pxenyan örtasida tinçlik kelişuvini imzolaşga oid uç asosiy mavzuga töxtalib ötdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar Koreya yarim orolining tinçligi va birlaşuvi böyiça Pxanmunjom deklaratsiyasini imzoladi.

Deklaratsiyaga köra, Koreya Respublikasi va KXDR:

1) Koreya uruşiga (1950-1953 yillar) rasmiy tarzda yakun yasab beradigan tinçlik bitimini bu yil imzolaydi;

2) Koreya yarim orolini butunlay yadrosizlantiriş niyatini tasdiqlaydi;

3) oliy darajadagi faol muloqotni davom ettiradi;

4) bir-biriga nisbatan duşmanlik harakatlarini töxtatadi;

5) harbiylar, şu jumladan, mudofaa mahkamalari rahbarlari darajasida doimiy aloqada böladi;

6) gumanitar muammolarni, şu jumladan koreys oilalarini birlaştiriş muammosini hal qiladi;

7) ikki mamlakat temir yöllarini birlaştiriş böyiça işlarni boşlaydi.

Uşbu voqea munosabati bilan Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti Mun Çje Inga yozma murojaat yöllab, Pxanmunjomda Koreyalararo sammit muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan tabrikladi.

Özbekiston rahbari öz murojaatida butun jahon hamjamiyatining diqqat markazida bölgan uşbu uçraşuv «Koreya xalqi solnomasida tarixiy voqea ekani, uning yakunlariga köra erişilgan natijalar Koreya Respublikasi yetakçisining tinçliksevarlik siyosati, Koreya Respublikasi va KXDR örtasidagi munosabatlarni yaxşilaş, global xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş, mintaqada işonçni mustahkamlaş böyiça qat'iy pozitsiyasi va tinimsiz sa'y-harakatlari tufayli yuz bergani»ni ta'kidlagan.

Xatda ta'kidlanişiça, ikki davlatning yaqinlaşuvi, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantiriş böyiça eng muhim kelişuvlarni mustahkamlab qöygan Pxanmunjom deklaratsiyasi «Koreya Respublikasi va KXDR örtasidagi şeriklikning yangi davri boşlanişiga umid va işonç beradi».

Şuningdek, prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hududni yaratiş taşabbuskori sifatida Koreya yarim orolidagi yadrosizlantiriş jarayonini töliq qöllab-quvvatlaydi, bu şubhasiz Koreyalararo munosabatlarni yanada rivojlantiriş va mintaqada integratsiyani ilgari surişga xizmat qiladi».

Şu bilan birga, Koreya Respublikasi prezidenti Mun Çje Inning temir yöl va avtomobil yöllarini qayta tiklaş böyiça taşabbusi alohida qayd etildi. Özbekiston rahbarining ta'kidlaşiça, bu Koreya yarim orolining Yevroosiyo mintaqasi davlatlari, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirişiga, uni yagona logistik tizim va jadal savdo-iqtisodiy aloqalarga ega qit'aga aylantirişga yangi istiqbollarni oçadi.

Şavkat Mirziyoyevning maktubda bildirişiça, «Özbekiston Respublikasi Koreya Respublikasining strategik hamkori bölgani holda, Koreya yarim orolida umumiy farovonlik va rivojlaniş uçun barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlaşga erişiş yölida koreys xalqining faol amaliy qadamlarini bundan keyin ham qat'iy qöllab-quvvatlaydi».

Özbekiston prezidenti maktub yakunida «koreys xalqining bölingan oilalarini birlaştiriş böyiça uzoq yillik orzusi amalga oşadigan kun kelişiga» aniq işonişini bildirdi. Şuningdek, davlat rahbari Koreya Respublikasining yetakçisiga mintaqa va butun jahondagi vaziyatni rivojlantirişga tarixiy ta'sir körsatadigan Koreyalararo sammit kelişuvlarini amalga oşirişda muvaffaqiyatlar tiladi.