Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27 aprelda Pokiston Islom Respublikasining Quruqlikdagi qöşinlar qömondoni general-leytenant Kamar Javed Bajva boşçiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.

Şavkat Mirziyoyev mehmonni qutlab, uşbu uçraşuv Özbekiston va Pokiston örtasida sönggi yillarda jadal rivojlanayotgan, döstlik, şeriklik va özaro qöllab-quvvatlaş tamoyillari, umumiy tarix va diniy e'tiqod, an'analar va ma'naviy qadriyatlar muştarakligiga asoslangan köp qirrali aloqalarning yana bir dalili ekanini alohida ta'kidladi.

Turli darajadagi siyosiy muloqotlarning faollaşgani qayd qilindi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaydi: özaro savdo hajmi ortib bormoqda, ikki mamlakat kompaniyalari va tadbirkorlari tomonidan qişloq xöjaligi maşinasozligi, farmatsevtika, töqimaçilik, könçilik, oziq-ovqat va iqtisodiyotning boşqa sohalarida qöşma loyihalar tayyorlanmoqda va amalga oşirilmoqda. Özbekiston-Pokiston Işbilarmonlar kengaşi faoliyat yurita boşladi.

Ötgan yilning aprel oyidan “Özbekiston havo yöllari” milliy aviakompaniyasining Toşkent – Laxor – Toşkent yönalişi böyiça parvozlari tiklandi.

Madaniy-gumanitar aloqalar rivojlanmoqda. Ziyorat turizmi dasturi doirasida mamlakatimizga sayyohlar kelişi köpaymoqda.

Uçraşuvda özaro manfaatli aloqalar, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va boşqa sohalardagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Harbiy va harbiy-texnik sohadagi hamkorlik istiqbollari, zamonaviy xatar va tahdidlarga qarşi birgalikda kuraşiş, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş, şuningdek, Afğonistondagi vaziyatni tinçlik yöli bilan hal qiliş masalalari muhokama qilindi.

General K.Bajva davlatimiz rahbariga qabul uçun minnatdorlik bildirdi va Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husaynning ezgu tilaklarini yetkazdi.

U Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qurolli Kuçlarni modernizatsiyalaş va mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlaş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Joriy yilning mart oyida Toşkentda bölib ötgan Afğoniston böyiça konferensiyaning amaliy natijalari töliq qöllab-quvvatlandi.

Uçraşuv yakunida Quruqlik qöşinlari qömondoni Pokistonning mamlakatimiz bilan hamkorlikni yanada kengaytiriş va mustahkamlaşga tayyor ekanligini yana bir bor tasdiqladi.