Yevropada mavsum yakuniga yaqinlaşgani sari bir qator qiziqarli, çempionlikka ta'sir qiluvçi uçraşuvlar köpaymoqda. Joriy haftada ham xuddi şunday uçraşuvlar bölib ötişi kutilmoqda. Tribuna.Uz an'anaviy ravişda uik-endning eng muhim uçraşuvlari bilan taniştirdi.

INTeR – YuVeNTUS (28 aprel, 23:45)
«Yuventus» ötgan turda «Napoli»ga öz maydonida yutqazib, vaziyatni çigallaştirib yubordi. Endi turinliklar peşqadamlikni saqlab qoliş uçun birorta ham öyinda mağlubiyatga uçramasliklari kerak böladi. Allegri jamoasining safar öyinlari «Roma» va «Inter»ga qarşi keçişini e'tiborga olsak, vaziyat juda jiddiyligini körişimiz mumkin.

Buning ustiga, «Inter»ga ham bu öyinda oçko suv va havodek zarur. Milanliklar 66 oçko bilan 5-örinda borişmoqda va kuçli törtlikdagi Rim klublaridan atigi bir oçko kam jamğarişgan xolos.

Tarkiblarga e'tibor bersak, «Inter»da yöqotişlar yöq. «Yuventus» tarkibida Kellini va mavsum oxirigaça safdan çiqqan De Şilodan taşqari, Klaudio Markizio yordamidan ham foydalana olişmaydi.

Milanda bölib ötgan sönggi uç öyinda «Yuventus» ğalaba qozona olmaganini e'tirof etiş kerak. Jamoalarning birinçi davradagi töqnaşuvida ham hisob oçilmagandi. 

MYu – ARSeNAL (23 aprel, 20:30)
Deyarli bir yil oldin bu jamoalar «Emireyts»da töqnaş kelişgan, öşanda «Arsenal» kuçli törtlik uçun kuraşayotgan, «MYu» esa, YeÇL ga aylanma yöldan, Yevropa Ligasida ğolib çiqiş orqali borişga urinayotgandi. Aynan YeLdagi «Selta» bilan öyinlar bilan ovora bölgan «Mançester Yunayted» Londonga aralaş tarkib bilan kelgandi. 

Xuddi şu işni bu safar «Arsenal» qilişi mumkin. APLdan tamoman umidini uzgan Arsen Venger ketiş oldidan keyingi trenerga YeÇL yöllanmasini meros qiliş uçun Yevropa Ligasini yutiş kerak. Afsuski, «Atletiko» bilan birinçi öyin juda umidli boşlangan bölsa-da, yakunda ispanlar uçun juda qulay hisob qayd etildi. Demak mehmonlar bu öyinda köproq Madridga safar haqida köproq öylaşlari tabiiy.

Şunday bölsa-da, bu ham katta öyin. «MYu» hali rasman kuçli törtlik masalasini hal qilmagan, şuningdek, Mourino 2-örinni olişga harakat qilişini yaşirmayapti.

Birinçi davradagi öyinda mehmonlar ğalaba qozonişgandi. Mourinoda oradan beş yil ötib, 2011/12 mavsumidagi Fergyuson singari «Arsenal»ni bir mavsumda ikki marta mağlubiyatga uçratiş imkoniyati bor.

Mayli, öyin qiziq bölmasa ham, Arsen Vengerni «Old Trafford»da qanday kutib olişlari va kuzatib qöyişlari juda qiziq bölsa kerak.  

DePORTIVO – BARSeLONA (29 aprel, 23:45)
Bu öyin turnir jadvalining har ikki tomonidan qaraganda ham qiziqarli.

Birinçidan, agar «Barselona» bu öyinda heç bölmasa 1 oçko oladigan bölsa, 25-marotaba Ispaniya çempioniga aylanadi. El Klassikoda madridliklar «koridor» va'da qilişmagan bölişsa-da, öşa öyinni çempion sifatida boşlaş Valverde şogirdlariga yoqsa kerak.

Ikkinçidan, «Deportivo» 18-örinda bormoqda va katta ehtimol bilan ligani tark etadigan bölib turibdi. La-Korunyaliklar faqat «Levante»ga yetib olişlari mumkin xolos – oradagi farq 9 oçkoni taşkil etmoqda. Agar bu turda uşbu farq kattalaşsa, «Deportivo» rasman La Ligani tark etadi. 

GALATASAROY – BeŞIKTOŞ (29 aprel (21:00)
Bu öyinni mavsumning finaliga qiyoslaş mumkin. Faqat bu finalda ikki emas, uç jamoa iştirok etadi.

«Galatasaroy» 63 oçko bilan turnir jadvalini boşqarmoqda. «Beşiktoş» hisobida 62 oçko bölib, ular ikkinçi öringa joylaşişgan. Taxmin qiliş mumkinki, uşbu öyin ğolibi mavsum tugaşiga 3 tur qolganda yaqqol favoritga aylanadi.

Durang har ikki jamoani qoniqtirmaydi, zero 3-örindagi «Istanbul Başakşehir» hisobida ham 62 oçko bor. Ya'ni durang Turkiya superligasida yangi peşqadamga sabab bölişi mumkin. Başakşehirliklarning öyini bu uçraşuvdan uç soat oldin bölib ötadi. Demak, öyin boşlanmasdan «Istanbul» turnir jadvaliga peşqadamga aylanib olişi, bu ikki raqib esa, ularni quvib ötiş uçun bir-birini yutişga harakat qilişi juda qiziq va keskin keçsa kerak.

«Galatasaroy» 6 öyindan beri «Beşiktoş» bilan derbida ğalaba qozona olmayotganini ta'kidlaş kerak. Dekabrda ötgan sönggi öyinda ham «Beşiktoş» 3:0 hisobida ustun kelgandi.

KRASNODAR – LOKOMOTIV (30 aprel, 21:00)
Duşanba kuni şuningdek, Rossiyada ham çempion nomi rasman ma'lum bölişi mumkin.

«Lokomotiv» Krasnodarga safar qiladi va u yerda ğalaba qozonsa, «temiryölçilar»ga heç kim yeta olmaydi. Hozirda Syomin şogirdlarining TsSKA bilan örtadagi farqi 6 oçkoni taşkil qilmoqda. Oradagi farq yöqqa çiqarilsa ham, özaro öyinlarda «Lokomotiv» (3:1, 2:2) ustunroq. Rossiya çempionati reglamentida oçkolar teng bölib qolsa, avvalo, şu körsatkiçga qaraladi. 
Öz navbatida «Krasnodar»ga ham oçko juda zarur. Jamoa kuçli uçlikka kirib, YeÇL yöllanmasini qölga kiritişga harakat qilmoqda. Hozirda krasnodarliklarni 3-örin bilan uç oçko ajratib turibdi xolos.

Uşbu stadiondagi sönggi 2 öyinda «Lokomotiv» bir xil – 2:1 hisobida ustun kelgandi.

Qahramon Aslanov tayyorladi