Estoniya TIV rahbari Sven Mikserning ma'lum qilişiça, Tallin Moskva bilan munosabatlarni kuç pozitsiyasidan kelib çiqqan holda yölga qöyadi. Bu haqda u Sydney Morning Herald’ga bergan intervyusida aytib ötdi.

Mikser, xususan, Rossiyani Ukrainadagi harbiy amaliyotda iştirok etganlikda aybladi.

«Biz Rossiya sönggi 10 yilda öz qöşnilariga qarşi ikkita harbiy amaliyotni qanday boşlaganini kördik: 2008 yilda – Gruziyaga qarşi va yaqinda Ukrainaga qarşi. Bu, agarda öylab körsak, juda qörqitayotgan misol. 21-asrdagi Yevropada sizlar siyosiy maqsadlarga erişiş uçun harbiy kuçdan foydalanayotgan davlatni körmoqdasiz», - deya ma'lum qildi estoniyalik vazir.

Uning sözlariga köra, Rossiya bilan muloqotni kuç pozitsiyasidan yölga qöyiş kerak.

«Siz Rossiya prezidenti Vladimir Putin kabi yetakçi bilan gaplaşganingizda, kuç, birdamlik va qat'iylik pozitsiyasidan kelib çiqişingiz lozim. Sababi qat'iyatsizlik böyiça istalgan belgi Kreml tomonidan kuçsizlik sifatida qabul qilinişi hamda ular bundan foydalanişi mumkin», - deya qöşimça qilib ötdi Mikser.

Uning ta'kidlaşiça, bunday şaroitlarda «vaziyat haqida xabardorlikni» saqlab qoliş lozim.