Ayni paytda Samarqand şahrida 35 ta favvora mavjud. Ularning ikkitasi nurli-musiqali, 31 tasi nurli, ikkitasi oddiy favvoralardir. Keyingi bir yilda şaharda bitta yangi favvora qurildi, ikkitasi rekonstruksiya qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Şifokorlarning ta'kidlaşiça, favvora inson salomatligiga ijobiy ta'sir körsatadi. Dam oluvçiga huzur baxş etib, çarçoqni çiqaradi, asabni tinçlantiradi va kayfiyatni kötaradi. Keçqurunlari favvora jilosiga tikilib, undan bahra olgan kişining qon aylaniş tizimi va miya faoliyati yaxşilanadi. Suv böyida orom olgan kişi yengil tortadi va tetiklaşadi. Şu bois favvoralar atrofi bugun sevimli maskanga aylangan. Bu esa gözal va betakror favvora yaratiş barobarida, ular atrofini ham obodonlaştiriş, kökalamzorlaştirişni taqozo etadi.

Bu borada ham qadimiy va navqiron şahar Samarqandda salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, maysazor va gulzor barpo etiş, daraxtlarga şakl beriş, kaştan, yapon saforasi, lola daraxti, qrim sosnasi, qora sosna köçatlarini ekiş va parvarişlaş tajribasi şakllandi.

Favvoralar sayli Samarqand şahridagi Köksaroy va Teatr maydonlarida, Amir Temur nomidagi va Universitet xiyobonlarida, Islom Karimov maydonida, Alişer Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallari örnatilgan hududda, «Şoirlar boği» va Samarqand temir yöl vokzali maydonidagi favvoralar atrofida ötkaziladi.

1 may kuni soat 16:00 dan boşlab uşbu maskanlarda taniqli san'atkorlar, yoş ijroçilar, badiiy havaskorlik jamoalarining çiqişlari ta'minlanadi. Opera va balet sahnalari körinişlari ham namoyiş etiladi, ommaviy raqs, turli viktorina va tanlovlar, bellaşuvlar ötkaziladi. Xalq sayllari taşkillaştiriladi.

Sayllar ötkazilayotgan favvoralar oldida taniqli şoirlar öz şe'rlari bilan çiqiş qiladi, favvoralar atrofida taniqli musavvirlar yoş rassomlar uçun master-klasslar ötadi.