Uzr sörayman, mazkur maqolam biroz çözildi. Lekin tahririyatimizga Sirdaryo viloyati IIB YHXB ga qaraşli «17-post» va «Çinoz» deb ataluvçi YPX maskanlaridan yozğirib şikoyat yöllagan köplab haydovçilarning arzi uşbularni bitişga majbur qildi.
Ijozatingiz bilan Kun.uz ga kelgan şikoyatlardan biriga köz yugurtiramiz:
«Assalomu alaykum. Men taksiçiman. «GAI»lar haqida arzim bor edi. Bizni qiynayotgan uşbu muammoni tepagaça kötarib çiqişda yordamingiz kerak. Prezidentimiz çiqargan qarorga qarşi radarlarni yaşirib qöyiş hali ham töxtagani yöq. Masalan, Toşkentdan Samarqandga ketaverişda Sirdaryo yölida «17-post»ga boraverişda 10 km oldin fuqarolarga tegişli maşinalarga radar joylaştirib,özlari «17-post»da kutib oladi. Qölida qoğoz varaqçada maşinalarning raqami yozilgan. Yoki bölmasam, Sirdaryodan Toşkentga qarab yönalişda Baxt şaharçasida fuqarolarga tegişli maşinaga radar joylaştirib,özlari «Çinoz» postida kutib olişadi. Ularda ham raqamlar ham qoğoz varaqqa yozilgan. Mana şu muammoni kötara olasizlarmi?!Özim töxtab qarab ötganman:fuqarolik maşinasi içida bir yoş bola maşinaning orqa örindiğiga ötirib olib, orqa oynani teşik pardasidan radar tezlikni rasmga tuşirib, postga internet orqali jönatadi. Ular noutbukda haydovçilarga öşa rasmni körsatib, rosa qiynaşayapti».
Mavzuga oid yana biri: «Kun.uz, sizga savol:Prezidentimizning qarorlariga amal qilmasdan panada radar qöyib ötirgan YPX xodimlarini nimaga körsatmaysizlar? Qani,qonun ustuvorligi?! Yoki qörqasizlarmi?!»
Şunga öxşaş yana boşqa ma'lumotlar yetib kelgaç, xizmat safari bilan Toşkentga sönggi uç borişimda Sirdaryo viloyatidan ötgan yöllarni kuzatib, fotoradarlar joylaştirilgan maşinalarni aniqlay olmadim. Lekin ularning borligi aniq edi. Çunki har ikki postda telefoniga qarab avtomaşinalarni töxtatayotgan YPX xodimlarini öz közim bilan körgan edim.
1 may kuni mening ham «lotereyamga öyin çiqdi». «17-post»da meni telefonga qarab töxtatişdi. Özini taniştirişni ham ep körmagan leytenant unvonidagi YPX xodimi hujjatlarni taqdim etganimdan söng töxtatilganim sababini söraganimda u qölidagi telefoniga qarab, «tezlik 70 belgilangan joyda 85 km/soat bilan kelyapsiz», dedi.
Men avvalo fotosuratni söradim. Postdagi xonaçada noutbukdan 10 taça maşinani varaqlab, maşinamning suratini körsatişdi.
«Radar qayerga örnatilgan?» deb savol berdim. (Çunki aholi yaşaş punktlarida tezlikni heç qaçon 70 km/soatdan oşirmayman, köçada köp yuraman va bu menda odat darajasiga kötarilgan. Boz ustiga, 1 may kuni bu hududda jala quyib yotgan edi, bunaqa ob-havoda aholi punktida umuman tezlikni pasaytiraman).
YPX xodimi maşinam bilan birga fotosuratda tuşib qolgan — yöl örtasidagi beton tösiq ustida turgan militsonerning kartondan yasalgan şakliga e'tibor qilişimni söradi: «Bu belgi qayerda qöyilişini bilasizmi?» deb söradi.
«Bu taşviqot belgisi va uning qayerda qöyilişini bilmayman, bilişni ham istamayman. Çunki bu köçma karton şakl tezlikni çeklaş kerak ekanligini bildirmaydi. Marhamat, men bilan birga yurib, fotoradar aynan qayerda, qay yösinda örnatilganini körsating, buni bilişga haqqim bor», dedim.
Xullas, tortişa-tortişa meni töxtatgan YPX xodimi fotoradar turgan hududga meni olib borişni rad etdi va hujjatlarimni qaytarib berdi va ogohlantirib qöyişni ham unutmadi: «Rasmi orqangizdan boradi!»
Uning ism-familiyasini va kökrak nişoni raqamini ataylab oşkor etmayman, çunki muammo Sirdaryo viloyatida sistematik tus olgan va aynan şu YPX xodimi «javobgar eçki» rolida bölişini istamayman. (Lekin alohida ta'kidlab ötişim kerakki, fotoradar tuşirgan surat Samarqand şahriga kelgan kuniyoq uni sud orqali bekor qildirişga harakat qilaman va boşqalarga ham örnak bölişi uçun bu jarayon qanday borişini matbuotda yoritaman. Guvohlarim bor — fotoradar aynan aholi punktida örnatilganini YPX xodimi isbot qilib berolmadi).
Keling, Sirdaryo viloyatida YPX postlari özi qanday işlaşi haqida biroz muşohada qilaylik.
Xabaringiz bor, Prezidentimiz qattiq tanqid ostiga olib ötganidan söng barça viloyatlarda YPX maskanlari soni keskin qisqartirildi. Ayrim viloyatlarda hattoki butun viloyatda bittagina qoldi. Ayniqsa viloyatdan-viloyatga ötişda postlar ketma-ketligi bittagaça tuşirildi. Biroq bu topşiriq va taşabbus Sirdaryo viloyatiga taalluqli emas, şekilli. Xalq örtasida «Yetim post» nomi bilan maşhur, Toşkentga boraverişda «17-post»dan söng 14,5 km.dan keyin joylaşgan kiçikroq postça olib taşlandi, xolos.
Kiçikroq postça!.. U «Yetim post» degan, xalq tomonidan qöyilgan nom bilan maşhur, naq va naqd korrupsiyaning «uyasi» edi. Oçiği, YPX xodimlari bu yerda asosan radarga tuşgan haydovçilarni «şiliş» bilan kun körişardi. Buni istalgan haydovçidan söraşingiz mumkin. Radarlar postning har ikki tarafiga örnatilgan edi. Ulardan biri (Toşkentga boraverişda) post oldidagi qişloq bekatidagi dökon oldiga taxlab taşlangan salqin içimliklar içiga örnatilgan edi. Yoki yöldan pastroqqa oq tusli VAZ-2107 davlat raqami 20X532CA avtomaşinasi içiga radar örnatib kun körişar edi. (Bu vaziyat bilan şaxsan taniş odam menga öşa maşinaning fotosuratini taşlab berdi):

Xullas, «Yetim post» — «Haqiqatdan ham tez keldim, radarga tuşdim, marhamat qilib bayonnoma rasmiylaştiring, roziman», desangiz ham pul ta'ma qilinadigan post edi.
Lekin bizga kelib tuşgan ma'lumotlarga köra,Samarqandga qaytişda Sardoba qörğonida, Toşkentga borişda Baxt şaharçasida sinalgan usul hali ham amalda şekilli.
Özingiz öylang, radar u yoqda turibdi, postga surat uzatilyapti. Mening yoki boşqalarning maşinasini oddiy fotoapparatda suratga tuşirib olib, «Fotoşop»da kerakli tezlik raqamlari qöyilib, postda turgan inspektorga uzatiş va şu yöl bilan pul ta'ma qiliş mumkinmi?! Albatta mumkin! Hozir texnika rivojlangan. «Fotoşop»da kerakli şablon yasab olinadi, rasmlar taşlab turiladi — vualya! Maşinani töxtatgan inspektor esa birinçi talabga köra bunday emasligini isbotlab berişi kerak. Radarni, uning markasini va texnik körikdan ötkazilgani, soz ekanligi xususidagi hujjatlarni körsatişi lozim. Qolaversa, jurnalist talabiga köra, harakatlari qonuniy ekanligini isbotlab berib, ana undan keyin risoladagidek jarimaga tortişi kerak.
Xöş, unda mendan nimani yaşirişdi?! (Jurnalist ekanligim, tahririyatda bu xatti-harakatlar ustidan şikoyatlar borligi,xohlasa ularni Telegramdan körsatişim va eng asosiysi — albatta maqola yozilişini aytib ötdim — bir tuki qilt etmadi).
Samarqandga ketaverişda «17-post»dan 21 km.dan söng Jizzax viloyatiga tegişli «Manas» YPX maskani joylaşgan. (Jizzax viloyati dekabr oyida «Ğallaorol»postini olib taşlagan). M-39 trassasida Jizzaxda bittagina post qoldi. Toşkent viloyatiga kiraverişdagi Sirdaryo viloyatiga tegişli post, mayli, qaysidir maqsadlarda kerakdir. 21 km joyda ketma-ket ikkita post nega kerakligini içki işlar vazirligidan kimdir tuşuntirib bera oladimi? 600 ming aholi yaşaydigan viloyat uçun?
Faqat iltimos, çegara, xavfsizlik kabi siyqasi çiqqan sözlar bölmasin. Avvalo, bor-yöği 4 ta aholi punktidan ötiladi Sirdaryo viloyati hududidan. Ikkinçidan, siz keltirgan vaj-u korsonlarni istalgan boşqa viloyatga nisbatan qöllaş mumkin — lekin ular Prezident xitobiga «labbay» deb javob berib, öylanmasdan olib taşlaşdi-ku?!
Qolaversa, töğriga ötilsa — Qozoğiston, u yerda çegara nazorat posti bor-ku?! Sizlarga ham dovruği yetti olamga doston «Yetim post» va u yerdagi olçoqlar «gur-r» etib, «17-post»ga köçgandek körinmayaptimi?
Yana bir jihat: «radar joylaştirişda fuqarolarning maşinasidan foydalanilmoqda, maşina içida YPX xodimi emas, yoş bola ötirib rasmlarni uzatayapti», deyişmoqda. Albatta, meni keça öşa radar joylaştirilgan joyga olib borişganida bunga ham aniqlik kiritardim. Olib borişdan boş tortişganidan ayonki, vaziyat çindan ham şunday.
Xöş, savol tuğiladi: bir insonni har kuni işdan qoldirib, maşinasini safarbar qilib, radar joylaştiriş va uning işiga haq tölaş qaysi manba hisobidan amalga oşirilmoqda ekan? Yoki ular tekinga işlab berayaptimikan, tekinga hatto muşuk ham oftobga çiqmaydigan bir zamonda? Nimaning hidi kelmoqda?
Samarqanddan Toşkentga kelişda «17-post»gaça 5,1 km masofa qolganda kanal ustidagi köprikdan enişda qayrilib oliş joyi bor. Ikki tomoni biydek dala bölgan şu joyda ham uzzu-kun sirdaryolik YPX xodimi «navbatçilik» qiladi. Qaçon ötsam turgan böladi. Navbatçilik qilganida ham, sirenali, maxsus maşinada emas, oddiy fuqarolik maşinasida.
E'tibor bering, qayrilib oliş uçun joy öta noqulay joyda joylaştirilgan. 100 km/soat tezlikda harakatlaniş mumkin bölgan (ayrim haydovçilar albatta, bundanda tez harakatlanadigan) joyda! Köprik ustidan oşib tuşişdan keyin darhol qayrilib oliş joyi. Sizning tezligingiz 100 km/soat. Öng tomoningizdagi maşina DAN xodimini kördi, tezlikni taşladi. Siz keskin tormoz bermaslikka majbur bölganingizdan yoki e'tiborsiz haydovçilar 1-qatordan qayrilib oliş uçun ajratilgan hudud çiziğini bosib, töğriga ötişadi va «tör»ga tuşişadi.
Postgaça bölgan 5 km masofada boşqa qayrilib oliş joyi yöq. Mana şu qayrilib oliş nuqtasini bir neça yuz metr nariga — kengroq joyga köçiriş mumkinmi? Mumkin! Lekin bu yerda «tuzoq»ning «izyuminka»si yöqoladi-da!
Biz keça Toşkentdan qaytayotganimizda ham buxorolik manavi «Matiz» egasi «qopqon»ga tuşgan edi. YPX xodimi davlat raqami 20F740DA bölgan fuqarolik şaxsiy avtomaşinasida «ov» qilmoqda.



Çölning örtasida nisbatan qatnov kam. Şu çiziqni bosib töğriga ötganlarni uşlaş Sirdaryo viloyatining katta yöldan naridagi aholi punktlaridan birida harakat xavfsizligini ta'minlaşdan ham muhimroq tadbirmikan?
Toşkentga qatnovçi taksi haydovçilari bilan uşbu radarlar haqida suhbatlaşganimda, «Ular Sirdaryo viloyati avtoraqamiga ega bölgan maşinalarni mutlaqo töxtatişmaydi. 20 avtoraqamdagilar istagan tezlikda haydaşadi!Biz-ku, bularning uşbu hiylasini bilamiz, biroq mahalliy maşinalarga qiziqib, boşqa viloyatdan borgan köpgina avtomaşinalar osongina «tör»ga tuşişadi», deyişdi.
Viloyatlardan birida YHXBda işlagan, yaqinda işdan böşatilgan sobiq inspektorlardan biri esa bu holni tizimdagi mavjud total korrupsiya bilan izohladi:
«Radarning kunlik haqi bor, uni viloyat IIB YHXB dagi radar uçun mas'ullar dollarda olişadi. Olayotgan maoşlari ularning rözğor tebratişiga yetmaydi, albatta. Boz ustiga, har bir YPX inspektoriga ma'lum miqdorda «plan» qöyilgan — «tepa»ga uzatib turişi kerak. Şu sababli ular M-39 ga katta yölga çiqib «ov» qilişadi. Videoradar bilan ta'minlangan «Lasetti» maşinalardan «foyda» kam. Maşina tezda taniladi, «haydovçilar birdamligi» işga tuşadi va «tuşum» keskin kamayadi.
Aksariyat hollarda boşqa viloyatdan kelayotgan, poytaxtdan qaytayotgan begona maşinalar şoşib turgan bölişadi, köp qatnovçi haydovçilar, ayniqsa taksiçilar baribir yiliga kamida 2 marta haydovçilik guvohnomasini oldirgan bölişadi. 50 ming evaziga haydovçilik guvohnomasi qaytarib beriladi va «öylab topilgan» qoidabuzarlikka köz yumiladi. Bunga viloyat darajasidagi rahbarlarning özlari yöl oçib berişgan», dedi u nomini oşkor etmaslik şarti bilan bergan intervyusida.
YPX xodimlari videokamera bilan jihozlanişi, haydovçilar bilan huquqiy munosabatlari yozib olinişi haqida Prezident aytganiga, topşiriq berganiga ham ança vaqt bölib qoldi. Içki işlar vazirligi «xalqning xotirasi qisqa, unutib yuboradi, baribir» qabilida iş qilyaptimi, bilmadik, bu borada biror ijobiy siljiş közga taşlanmayapti.
Toşkent ŞIIB boşliği, Özbekiston içki işlar vaziri örinbosari Rustam Jörayevning«Toşkentda yöl-patrul xizmati inspektorlariga yaşirinça xizmat olib boriş taqiqlandi», deganini esa butun Özbekiston eşitdi.Qiziq, bitta davlatda har xil qaror bölişi mumkin emas-ku? Qolaversa, mohiyatan bu yaxşi taşabbus, çunki YPX xodimi köriniş berib tursa ham közlangan natija — yöllarda harakat xavfsizligi ta'minlanadi. Yaxşi taşabbusni hamma qöllab-quvvatlaşi kerak emasmi?
Fikrimizni şu yösinda davom ettiradigan bölsak, agar çindan ham uzoq yölga çiqqan haydovçini nogahoniy töxtatib, jazolab asabini buziş emas, yöllarda harakat xavfsizligi ta'minlanişi, haydovçilarning tezlik limitiga rioya qilişlari maqsad qilingan bölsa, aholi punktlariga radarni simyoğoçlarga örnatib, «Diqqat, radar!» yöl belgilarini qöyib, bunga osongina erişiş mumkin-ku!
Bu borada Toşkent viloyatida amalga oşirilayotgan işlar tahsinga sazovor. Bunday avtomatlaştirilgan tizimni joriy etişdan maqsad — jazoning muqarrarligini ta'minlaş va pirovard natijada haydovçilarning harakatlaniş qoidalariga amal qilişga majburlaş, eng asosiysi — tizimda korrupsiya holatlariga barham beriş edi.
Ammo, lekin, biroq… Sirdaryoda yöllarda korrupsiyaga barham berilişidan kimlardir manfaatdor emas, çoği…
Biz mavzuga yana qaytamiz.
Şuhrat Şokirjonov,
jurnalist
P.S. Modomiki haydovçilarning muammosini olib çiqayotgan ekanmiz, uşbu yöllarda harakatlanayotgan haydovçilardan iltimos qilamiz: özingizda mavjud faktlarni, şuningdek, Sirdaryo va boşqa viloyatlarda yaşirinça fuqarolik maşinalarida radar kuzatuvi olib borilayotgan, YPX xodimlari tomonidan ta'magirlik qilingan holatlar aks etgan audio, foto yoki video fayllarniTelegram messenjeridagi @kunuzreport akkauntiga uzatişingizni söraymiz.











