Davlat ekologik nazorati inspeksiyasining (Ekopolitsiya) Sirdaryo suv havzasini nazorat qiliş bölimi xodimi Mirzo Botirovning ehtiyotsizlik oqibatida ölimiga sabab bölişda gumonlanib, uç kişi qölga olindi.
Gazeta Boş prokuratura matbuot xizmatiga tayanib xabar berişiça, voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining uçta moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilgan:
202-modda – hayvonot yoki ösimlik dunyosidan foydalaniş tartibini buziş;
219-modda – hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş;
102-modda – ehtiyotsizlik orqasida odam öldiriş.
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi matbuot xizmatiga köra, Mirzo Botirov 9-sentabr kuni tungi soat 23:00 da Sirdaryo daryosi özanida ötkazilgan tezkor reyd tadbiri davomida elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotgan huquqbuzarlarning qarşiligiga uçragan va natijada suvga tuşib ketgan.
Inspektorning jasadi 10-sentabr kuni topilgan.
Mirzo Botirov jasorati va xizmat burçiga sadoqati uçun vafotidan söng «Tabiat himoyaçisi» kökrak nişoni bilan taqdirlanişi qayd etilgan.












