Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) Sirdaryo suv havzasini nazorat qiliş bölimi xodimi Mirzo Botirov xizmat vazifasini bajariş vaqtida halok böldi.

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi matbuot xizmatiga köra, Mirzo Botirov 9-sentabr kuni tungi soat 23:00 da Sirdaryo daryosi özanida ötkazilgan tezkor reyd tadbiri davomida elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotgan huquqbuzarlarning qarşiligiga uçragan va natijada suvga tuşib ketgan.

Tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv işlari natijasida bugun, 10-sentabr kuni inspektorning jasadi topildi.

«Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Mirzo Botirovning oila aʼzolari va yaqinlariga çuqur taʼziya izhor etadi.

Ayni damda marhumning oila aʼzolariga zarur moddiy va maʼnaviy kömak körsatiş, şuningdek, voqeaning barça tafsilotlarini örganiş böyiça tegişli çoralar körilmoqda.

Şu bilan birga, Mirzo Botirov umrini atrof-muhitni muhofaza qilişga bağişladi. Uning tabiatni muhofaza qiliş va ekologik qonunçilik talablarini taʼminlaş yölidagi fidokorona xizmatlari hamda körsatgan jasorati munosib baholanib, u “Tabiat himoyaçisi” kökrak nişoni bilan vafotidan söng taqdirlanadi», deyiladi qömita xabarida.