Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Norin tumanida viloyat faollari, hokimlar, sektorlar rahbarlari va boşqa mutasaddilar iştirokida ötkazilgan yiğiliş davomida pillaçilik, parrandaçilik, çorvaçilik hamda baliqçilikni rivojlantirişga e'tiborni kuçaytiriş zarur ekanligini ta'kidladi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar bermoqda.
Davlat rahbari ma'ruzasi davomida Norin daryosi böyida köplab baliqçilik xöjaliklari taşkil etilişi uçun 200-300 mlrd mablağ ajratilişi, mazkur xöjaliklar baliqning xonbaliq (forel) turini yetiştirişga ixtisoslaştirilişi haqida tuşunça berdi.
Baliqçilik sohasini takomillaştiriş uçun Uçqörğon tumanida baliqçilik kolleji, Namangan şahrida baliqçilik ilmiy tadqiqot instituti taşkil etiladi.












