BMTning söz erkinligi masalalari böyiça maxsus ma'ruzaçisi Devid Kayye va turli davlatlarning huquq himoyaçilari matbuot mustaqilligi, ayniqsa raqamli ommaviy axborot vositalariga xavf ortib borayotganidan ogohlantirmoqdalar. Bu haqda matbuot erkinligi va uning raqamli asrdagi turfaligi haqidagi qöşma deklaratsiyada aytilgan.
3 mayda nişonlanadigan Jahon matbuoti erkinligi kuniga çiqarilgan deklaratsiya mualliflari demokratiyani rivojlantirişda matbuotning ahamiyati kattaligini qayd qilib ötişgan va jurnalistlarning jismoniy jazolanişi, ular ortidan kuzatuv olib borilişi, mustaqil OAV faoliyatini çeklaşga urinişlar holatlari yuzasidan çuqur taşviş bildirişgan.
“Erkin va mustaqil matbuot demokratik institutlar rivojlanişi va hukumatning javobgarligini ta'minlaşga kömak beradi, jurnalistlar va jurnalistikaga tajovuzlar esa jamoatçilik nazorati ğoyasiga putur yetkazadi”, deb aytgan Kayye. Uning aytişiça, siyosatçilar va biznes yetakçilari özlariga nomaqbul jurnalistlarni “duşman” deb atab, bu kasb odamlariga hujum qilişga undamoqdalar va jamiyat manfaatlariga xizmat qiluvçi jurnalistik tergovlar mualliflarini yomonotliq qilişga urinmoqdalar.
Qöşma deklaratsiya, BMT vakilidan taşqari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti, Inson huuquqlari böyiça Amerikalararo komissiya, Inson va xalqlar huquqlari böyiça Afrika komissiyasi vakillari tomonidan imzolangan. Ular hukumatlarni nafaqat matbuot mustaqilligi va turfaligini himoya qilişga, balki bunga xususiy internet-kompaniyalar ham rioya qilişlarida kömak berişga çaqirganlar. Deklaratsiya mualliflari matbuot erkinligi xalqaro huquq bilan kafolatlanişini eslatib ötişgan.











