AQŞ esminetsi sobiq qömondoni Brayan Makgratning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar ikkinçi floti Atlantikada Rossiya suvosti kemalariga qarşi kuraşadi. Bu haqda The Washington Post xabar bergan.
Uning sözlariga köra, ikkinçi flotning qayta tiklanişi AQŞ «Şimoliy Atlantikada işonçliroq va kuçliroq harakat qilişini» anglatadi.
Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, ikkinçi flotning eng asosiy vazifalaridan biri – Rossiya atom suvosti kemalariga qarşi kuraşiş.
Makgartning qöşimça qilişiça, Rossiya suvosti kemalari NATO kuçlarini mintaqada ittifoqçilarni qöllab-quvvatlaş uçun joylaştirilişiga xalaqit berişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Turkiyaning Rossiya bilan bitimidan taşvişda ekanini yana bildirgandi.












