Foto: Gosford Classic Car Museum

Avstraliyadagi eng yirik Gosford Classic Car Museum avtomuzeyi Pickles auksion uyi savdolariga 48 ta kollektsion avtomobilni sotuvga qöyadi. Sotuvga qöyiladigan maşinalar orasida Avstraliya bozoriga çiqarilgan maşinalardan taşqari, Yevropada işlab çiqarilgan sportkarlar ham böladi.

Jumladan, sotuvga 1981 yilda işlab çiqilgan, öz vaqtida eng tezkor seriyali nemis avtomobili bölgan Porsche 911 Turbo modeli ham qöyiladi. Sportkar 3,3 litrli, 300 ot kuçiga ega dvigatel bilan jihozlangan va joyidan 100 km/soat tezlikka 5,4 soniyada erişa oladi.

Foto: Gosford Classic Car Museum
Foto: Gosford Classic Car Museum
Foto: Gosford Classic Car Museum
Foto: Gosford Classic Car Museum
Foto: Gosford Classic Car Museum

Sotuvda AQŞda işlab çiqarilgan maşinalardan Ford Mustang Boss 351 modelini ham köriş mumkin böladi. Bu maşina 1971 yilda işlab çiqarilgan uşbu modeldagi 1806 maşinadan biri hisoblanadi. Yorqin qizil rangdagi kupe 5,8 litrli, 330 ot kuçiga ega dvigatel va 4 poğonali “avtomatik” uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Ikki eşikli maşina joyidan 100 km/soat tezlikka 5,8 soniyada erişadi. 

Foto: Gosford Classic Car Museum
Foto: Gosford Classic Car Museum
Foto: Gosford Classic Car Museum
Foto: Gosford Classic Car Museum

Şuningdek, auksionda 1977 yildan 1980 yilgaça bor-yöği 30 dona işlab çiqarilgan noyob Holden HZ Overlander yöltanlamasi ham sotuvga qöyiladi. Maşina 5 litrli, 8 silindrli dvigatel bilan harakatga keltiriladi.

Foto: Gosford Classic Car Museum
Foto: Gosford Classic Car Museum
Foto: Gosford Classic Car Museum