AQŞ Rossiyaga qarşi sanksiyalar tufayli XKSga yuklarni tijoriy yetkazib beriş sohasida qiyinçilikka duç kelişi mumkin. Bu haqda NASA boş inspektori boşqarmasining hisobotida aytilgan.

Ta'kidlanişiça, ayni damda Orbital AT kompaniyasi yuklarni yetkazib beriş bilan şuğullanmoqda, u Antares 230 raketa-taşuvçilaridan foydalanadi. Ularning birinçi poğonasi tarkibida Rossiyada işlab çiqarilgan RD-181 raketa dvigatellari qöllaniladi.

«Orbital ATK kompaniyasi NASA dasturi ikkinçi bosqiçi doirasida Antares 230 raketa-taşuvçilaridan foydalaniş imkoniyatidan mahrum bölişi mumkin», - deyiladi hisobotda.

Ma'lumotlarga köra, ayni damda sanksiyalar Orbital ATK’ning XKSga yuklarni yetkaziş böyiça kelişuvlarini qamrab olmaydi, biroq bu borada faqat 2020 yilgaça istisno qilingan. Sierra Nevada va SpaceX kompaniyalari uşbu muammoni hal qilişga urinmoqda, ammo ma'lum qiyinçiliklarga duç kelgan.

«Xususan, Sierra Nevada Dream Chaser kemalarini işlab çiqişda texnik qiyinçiliklarga ega. SpaceX kompaniyasining Dragon 2 kemasi yuk versiyasini sertifikatlaş esa kompaniya tomonidan CRS-2 doirasida kosmik missiyalarni bajariş uçun xatarlarga ega, sababi u sinovlardan ötkazilmagan», - deyiladi hisobotda.