AQŞ prezidenti Donald Tramp va Xitoy raisi Si Tszinpin 8 mayda telefon orqali muloqot ötkazib, u davomida Şimoliy Koreya özining yadroviy va raketa dasturlarini bartaraf etmagunça Pxenyanga qarşi sanksiyalarni saqlab qoliş kerakligi haqidagi fikrga kelişgan. 

Ta'kidlanişiça, Tramp va  Si Tszinpin özaro manfaatga ega masalalar, jumladan Si Tszinpinning Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan yaqinda ötgan uçraşuvi böyiça fikr almaşişgan. 

Bundan taşqari, Tramp xitoylik hamkasbiga muvozanatlaşgan va Vaşingtonga foydali AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo hamda investitsiya munosabatlarini qöllab-quvvatlaşini aytgan.