Toşkentdagi “Radisson Blu Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Ortadogu Grup” kompaniyasi tomonidan taşkil etilgan “Halol turizm  yönalişida tajriba almaşinuvi, hamkorlik va istiqbolli harakat mavzu”sida ötkazilgan anjumanda “Halol turizm” haqida söz bordi. 

Özbekistonga şu keça kunduzda kirib kelayotgan “halol” yorliqli oziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarga qiziqiş kun sayin ortib bormoqda. Yaqin-yaqindan mintaqada turizm sohasida ham “Halol turizm” atamasi qöllanila boşladi. “Halol turizm” – bu oilaviy hordiq çiqariş, hamyonbop turar joylarda tunab, sifatli, ozoda ovqatlaniş şoxobçalarida taomlaniş. Kamçiqimlikni xuş köruvçi va isrofdan özini tiyadigan kişilar uçun yaratilgan xizmatdir. 

Foto: Ortadogu Grup

2017 yilda “Halol turizm” böyiça “Crescent Rating” taşkiloti tomonidan tuzilgan reytingda Özbekiston 28-poğonani egallagan. Birinçi öntalikdan esa Malayziya, Indoneziya, Marokaş va Turkiya mamlakatlari örin olgan. 

Ham tarixiy, ham til va madaniyat jihatidan Özbekistonga eng yaqin mamlakat Turkiyadir. Şu bois yiliga minglab özbekistonlik sayyohlar bu köhna mamlakatga safar uyuştiradilar. Turkiyada turizm mintaqadagi boşqa davlatlarga qaraganda ança rivojlangan, ayniqsa, “halol turizm”.

Foto: Ortadogu Grup

40 yildan buyon nafaqat Turkiya, balki dunyoning turli mamlakatlarida köplab sohalarda yirik loyihalarni amalga oşirib kelayotgan “Ortadogu Grup” kompaniyasi  “Halol turizm” standartlariga töla javob beradigan “Wome Deluxe” oilaviy mehmonxonasi va “Nisantasi” şifoxonasi xizmatlari bilan tilga tuşgan. 

Foto: Ortadogu Grup

Antaliya şahrida joylaşgan Wome Deluxe” mehmonxonasi 2015 yilda bunyod etilgan bölib, Turkiyada “halol turizm” standartlariga javob beruvçi birinçi mehmonxona sifatida e'tirof etilgan. Mehmonxona birgina 2017 yilning 365 kuni davomida tanaffussiz 255 ming kişiga xizmat körsatgan.

Unda erkaklar va ayollar uçun alohida hovuzlar, oilaviy hordiq çiqariş obektlari, bolalar uçun öyingohlar, mavjud va bu amaliyotni Özbekistonda qöllaş mamlakat turizmi uçun katta foyda keltiradi. 

– Prezidentlar Rajab Toyyib Erdöğan va Şavkat Mirziyoyev örtasida kuni keça ötkazilgan uçraşuvlar ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarda yangi sahifa oçdi. Qardoşlik aloqalarini yanada mustahkamladi. Özbekistonliklar Turkiya şaharlari Istanbul, Antaliya va Bodrumni qançalik yaxşi körsalar, Turkiyada ham Samarqand, Buxoro va Xiva kabi şaharlaringizni sevuvçilar millionlab topiladi. Biz Özbekistonni ota yurtimiz deb bilamiz va uning turizm sohasida ham rivojlanişiga öz hissamizni qöşiş istagimiz bor. Şu bois Özbekistonga şunçaki yiğiliş ötkazgani emas, balki öz amaliyotimizni taniştirgani, tajriba almaşgani keldik, – deydi “Ortadogu Grup” kompaniyasi vakili Masud Menderes Karaboğa.

Foto: Ortadogu Grup

“Radisson Blu Hotel Tashkent” mehmonxonasida bölib ötgan taqdimotda ham Turkiya, xususan, “halol turizm” yönalişida faoliyat yuritayotgan “Wome Deluxe” oilaviy mehmonxonasi va “Nisantasi” şifoxonasining faoliyati örnak sifatida körsatilib, Özbekistonlik turoperatorlar va turizm sohasi mutaxassislariga bu borada kerakli maslahatlar, tavsiyalar berildi.

Foto: Ortadogu Grup
Foto: Ortadogu Grup
Foto: Ortadogu Grup