Xitoyning milliy neft-gaz korporatsiyasi CNPC Fransiyaning Total kompaniyasi Eronning Janubiy Fors konidagi loyihadan AQŞ sanksiyalari sababli çiqib ketadigan bölsa, unda uning uluşini sotib olişga tayyor.
Total’ga 50,1 foiz, CNPC’ga 30 foiz va Eronning Petropars kompaniyasiga 19,9 foiz aksiya tegişli bölgan neft-gaz kompaniyalari konsorsiumi 2017 yil iyulda konning 11-hududini özlaştiriş uçun şartnoma imzolagan. Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga köra, şartnomada Total kelişuvdan çiqsa, CNPC uning uluşini sotib olişi optsiyasi közda tutilgan.
“Endi Total’ning loyihadan çiqişi ehtimoli katta, bunday ssenariyda CNPC hammasini öz nazoratiga olişga tayyor”, deb aytgan kelişuv detallaridan xabardor manba. Şartnoma şartlariga köra, CNPC öz uluşini 50,1 foizgaça oşirişi va loyihaning asosiy operatori bölişi mumkin.
Janubiy Fors dunyodagi eng katta gaz koni bölib, uning zaxiralari 13,8 trln kubmetrga baholanadi. Eron 20-asr oxiridan boşlab uşbu konni 28 ta hududga bölib, sekin-asta özlaştirib kelmoqda.












