Dunyodagi eng yirik neft kompaniyalaridan biri bölgan Total öz nomini TotalEnergies deb özgartirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
«Aksionerlarning navbatdagi yiğilişida kompaniyaning Total nomini TotalEnergies deb özgartiriş töğrisidagi qaror deyarli bir ovozdan qabul qilindi. Bu bilan uning keng miqyosdagi energetika kompaniyasiga aylantirilişi mustahkamlandi», — deyiladi xabarda.
Kompaniya ijroçi direktori Patrik Puyannening sözlariga köra, sayyora iqlim muammolariga duç kelgan. Kompaniya dunyoning izçil rivojlanişiga hissa qöşiş maqsadida energiyaning yangi manbalari tomon ilgarilamoqda.
«Maqsadimiz — ötiş energetikasida dunyo miqyosidagi iştirokçi böliş. Şu bois Total özgarmoqda va TotalEnergies böldi», — dedi u.
Kompaniya 1999 yilgaça TOTAL S.A deb nomlangan. Belgiyaning Petrofina kompaniyasi sotib olganidan söng uning nomi TotalFina deb özgargan. 2000 yilda kompaniya Elf Aquitaine bilan birlaşgan va TotalFinaElf deb nomlana boşlangan. 2003 yilda unga dastlabki nomi qaytarilgan.
Total dunyoning eng yirik önta neft-gaz kompaniyalari qatoriga kiradi. Kompaniya 130dan ortiq mamlakatda iş olib boradi.
Total 2020 yilda 7,2 mlrd dollar zarar kördi. Bunga koronavirus pandemiyasi sabab böldi.












