Samarqand şahrida 15 may kuni noma'lum şaxs “Samarqand-Zarafşon” temir yöl bekatlari oraliğida “Qarşi-Samarqand-Toşkent” yönalişida qatnovçi “Afrosiyob” tezyurar poyezdining oynalariga toş otgan oynalar darz ketgan. 

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, jarohat olganlar yöq. 

“Uşbu nojöya xatti-harakatlarning oldini oliş maqsadida, poyezddagi yölovçilarimiz manzillariga soğ-salomat yetib olişlari uçun avvalambor, ota-onalarning farzandlarga bölgan e'tibori, ta'lim muassasalari, jamoat taşkilotlari va Samarqand viloyati MFY mutasaddilari tomonidan yoşlarga bu borada tegişli tarğibot-taşviqot işlarini olib borişlarini söraymiz”, - deyiladi IIV xabarida.