Toşkent şahrida odam öğirlaşda gumonlangan ikki şaxs qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, IIV Tezkor-qidiruv departamentiga vatandoş ariza bilan murojaat qilgan. Arizada u nomaʼlum şaxslar tomonidan maşinada olib qoçilganini hamda qatʼiy qarşilik körsatgani natijasida qutulib qolganini bayon qilgan.
Holat yuzasidan IIV Tezkor-qidiruv departamenti xodimlari tomonidan tadbir ötkazilib, ikki nafar gumonlanuvçi qölga olingan. Ular 2003 va 1998-yillarda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam öğrilik jinoyati bilan sudlangan şaxslar bölgan. Gumonlanuvçilarga tegişli maşina yukxonasidan ötkir tiğli bolta topilib, protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.

Uşlangan şaxslar olib borilgan suriştiruv davomida ayblovlarni tan olgan. Gumonlanuvçilarning telefonlari tekşirilganda ularni yollagan buyurtmaçi bilan Telegram orqali yozişmalari aniqlangan. Ularga arizaçini har qanday yöl bilan buyurtmaçining oldiga olib boriş topşirilgan. Şuningdek, gumonlanuvçilar yana bir fuqaroni majburan olib kelişi, hatto uning böyniga elektroşoker bilan urib, “uxlatib” bölsa ham yetkazişi kerak bölgani yozişmalarda aniqlangan.
Gumonlanuvçilar ikkinçi fuqaroni uning işxonasi oldida qariyb tört soat kutgan. Biroq u xizmat safariga ketganini bilgaç, rejani boşqa kunga qoldirgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam öğirlaş) 2-qismi “b, v” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.











