Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli qaroriga muvofiq, içki turizmni rivojlantiriş maqsadida bir qator imtiyozlar nazarda tutilgan. Xodimlarning sayohati bilan boğliq daromadlarga solinadigan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği böyiça imtiyozni qanday qöllaş mumkin?

Masalan, xodim dam oliş kunida Samarqand şahriga bormoqçi bölsa, buxgalter çipta bilan boğliq xarajatlarga ustama xarajatlarni qöşişi, xodim esa sayohatdan qaytganidan söng çeklar va vauçerlar orqali hisobot berişi kerakmi? Yoki xodim Samarqandga öz hisobidan borib kelib, uşbu holat yuzasidan tegişli tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etsa, joriy yoki keyingi oyda uning sayohat uçun sarflagan mablağidan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği uşlab qolinmaydimi?

Uşbu holat buxgalteriya yozuvlarida qanday tartibda aks ettiriladi?

Uşbu savolga Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi quyidagiça javob beradi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi «​Içki turizmni jadal rivojlantirişni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»​gi PQ-3514-sonli qarori 8-bandiga muvofiq, 2018 yilning 10 fevralidan boşlab 3 yil muddatga quyidagi tartib joriy etildi, unga köra:

• iş beruvçining turizm sohasida faoliyat körsatiş böyiça litsenziyaga ega bölgan sub'yektlardan xodimlar va ularning oila a'zolari uçun respublika böylab turistik yöllanmalarni sotib oliş xarajatlari xodimning daromadi sifatida körib çiqilmaydi hamda yuridik şaxsdan olinadigan foyda soliğini hisoblab çiqişda çegirib qolinişi lozim;

• jismoniy şaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlari Özbekiston Respublikasi böylab turistik yöllanmalarni turizm sohasida faoliyat körsatiş böyiça litsenziyaga ega bölgan sub'yektlardan sotib olişga yönaltirilgan xarajatlar summasiga kamaytiriladi.

Bunda turistik yöllanma (ayirboşlanadigan vauçer), avia va temir yöl çiptalari, avtotransport taşkilotlarining hisob-fakturalari (çiptalari) va joylaştiriş vositalari çeklari tasdiqlovçi hujjatlar hisoblanadi.

Şundan kelib çiqqan holda, respublika hududida turistik sayohatni amalga oşirişning ikkita varianti mavjud.

Birinçi holatda korxona tomonidan xodim va uning oila a'zolarining turistik sayohati bilan boğliq xarajatlar tölab beriladi. Bunda uşbu xarajatlar iş beruvçining xarajatlari bölib, foyda soliği tölovçilari uçun çegiriladigan xarajatlar hisoblanadi.

Uşbu summaga jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği, yagona ijtimoiy tölov va fuqarolarning suğurta badallari solinmaydi. Buxgalteriya hisobida uşbu summa 6710 buxgalteriya hisobotida emas, balki xarajatlar (9400) hisobotida aks ettiriladi.

Ikkinçi variantda xodim özining va oila a'zolarining turistik sayohati bilan boğliq xarajatlarini özi tölaydi.

Mazkur holatda jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği böyiça imtiyoz korxonada xodim tegişli tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etganidan söng qöllaniladi.

Yuqoridagi qarorda mazkur holat uçun fuqarolarning suğurta badallari va yagona ijtimoiy tölov böyiça imtiyoz nazarda tutilmagan.

Masalan, xodim mart oyida Samarqand şahriga oilaviy (xodim, uning xotini va ikki nafar farzandi) boriş uçun yöllanma xarid qilib, aprel oyida tasdiqlovçi hujjatlarni (yöllanma, temir yöl çiptalari) taqdim etdi. Jami xarajatlar 1,1 million sömga teng böldi. Xodimning aprel oyidagi iş haqi 1 million 500 ming sömni taşkil etdi.

Jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği böyiça soliq solinadigan baza 400 ming sömga teng. Soliq uşbu summadan umumiy tartibda, şkala böyiça hisoblanadi, şu jumladan, nol darajali stavka ham qöllaniladi. Bunda jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği böyiça imtiyozga ega iş haqi summasiga (1,1 million söm) fuqarolarning suğurta badallari solinişi hamda undan korxona yagona ijtimoiy tölovni tölaşi lozim.

Buxgalteriya yozuvlarida imtiyoz summasi aks ettirilmaydi. Jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği böyiça soliq hisobotida esa uşbu summani imtiyoz sifatida aks ettirasiz. Bunday holatda quyidagi savol yuzaga kelişi tabiiy: agar korxonada tegişli imtiyoz qöllanilmagan bölsa, yaşaş joyi böyiça davlat soliq inspeksiyasi uşbu imtiyozni qöllaşi mumkinmi?
Yöq, bunday variant Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilmagan. Şuningdek, Soliq kodeksining 185-moddasi törtinçi qismiga muvofiq, jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğining töğri uşlab qolinişi va öz vaqtida byudjyetga ötkazilişi uçun javobgarlik daromad tölayotgan soliq agentining zimmasida böladi.

Ta'kidlaş kerakki, tegişli imtiyozlarni qöllaşga diqqat bilan qaraş kerak. Xususan, Respublika Prezidentining «​Içki turizmni jadal rivojlantirişni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»​gi qarorida quyidagilar qayd etilgan:

• «​turizm sohasida faoliyat körsatiş böyiça litsenziyaga ega bölgan sub'yektlardan turistik yöllanmalarni sotib oliş»​. Ya'ni, belgilangan imtiyozlarni har qanday sayohat böyiça emas, balki faqat litsenziyaga ega bölgan sub'yektlarning turistik yöllanmasi (ayirboşlanadigan vauçeri) bölgandagina qöllaş mumkin;

• «respublika böylab», ya'ni, xorijga turistik sayohatlar belgilangan imtiyozlarga ega emas;

• «​turistik yöllanmalarni sotib oliş»​, ya'ni, davolanişga yoki bolalar soğlomlaştiriş oromgohiga olingan yöllanmalarga yuqoridagi qarorda nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi. Uşbu maqsadlarga Soliq kodeksining 179-moddasi 2- va 3-bandlarida belgilangan imtiyozlar nazarda tutilgan.

Şuni ham eslatib ötamizki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qarori 6-bandiga muvofiq, davlat organlari va boşqa taşkilotlar rahbarlariga:

• jamoaviy şartnomalarga rağbatlantiriş çorasi sifatida davlat organlari va boşqa taşkilotlarning byudjyetdan taşqari mablağlari hisobiga öz xodimlarining kamida 10 foizini oila a'zolari bilan birgalikda har yili dam olişga (içki turizmga) yuborişni nazarda tutadigan xodimlarning jamoaviy va oilaviy dam olişini taşkil qiliş normasini kiritiş;

• xodimlarga mehnat qonunçiligiga muvofiq, ular uçun qulay bölgan vaqtda sayohat qiliş va dam oliş uçun ta'tilning foydalanilmay qolgan qismi hisobidan dam oliş kunlari (otgul) beriş;

• Dastur tadbirlarini amalga oşiriş doirasida har yili 30 dekabrgaça davlat organlari va boşqa taşkilotlar xodimlari uçun turistik-sayohat turlarini taşkil qiliş jadvallarini tasdiqlaş tavsiya etilgan.