Soliq qömitasi xonandalar tomonidan “Konsert-tomoşa faoliyati” xizmati böyiça soliq deklaratsiyalari taqdim etilişi böyiça ma’lumot berdi.

Unga köra, 17 aprel holatiga konsert-tomoşa faoliyati litsenziyasiga ega bölgan va 2025 yilda uşbu faoliyatdan olgan daromadlari böyiça 728 nafar xonanda soliq deklaratsiyasini taqdim etgan.

Jami yillik deklaratsiya asosida 4 mlrd 694,9 mln. söm daromad körsatilib, şundan soliqqa tortiladigan daromad 3 mlrd 728,7 mln. sömdan 437,1 mln. söm daromad soliği hisoblangan.

Şundan:

1-reyting guruhida 28 nafari 1 mlrd 091,7 mln. söm daromad körsatib, şundan soliqqa tortiladigan 869,8 mln. sömdan 104,4 mln. söm daromad soliği;

2-reyting guruhida 57 nafari 585,4 mln. söm daromad körsatib, şundan soliqqa tortiladigan 464,3 mln. sömdan 55,7 mln. söm daromad soliği;

3-reyting guruhida 643 nafari 3 017,8 mln. söm daromad körsatib, şundan soliqqa tortiladigan 2 394,6 mln. sömdan 277,0 mln. söm daromad soliği hisoblangan.

Taqdim etilgan 728 ta jami yillik deklaratsiyaning:

228 tasida daromad 1 mln. sömgaça 117,9 mln. söm (örtaça yillik soliq summasi 48,5 ming söm);

396 tasida 10 mln. sömgaça 1 783,3 mln. söm (örtaça yillik soliq summasi 429,5 ming söm);

71 tasida 20 mln. sömgaça 972,1 mln. söm (örtaça yillik soliq summasi 1,2 mln. söm);

16 tasida 40 mln. sömgaça 514,6 mln. söm (örtaça yillik soliq summasi 2,8 mln. söm);

11 tasida 60 mln. sömgaça 605 mln. söm (örtaça yillik soliq summasi 5,1 mln. söm);

6 tasida 152 mln. sömgaça 702 mln. söm (örtaça yillik soliq 11,4 mln. söm) körsatilgan.

Avvalroq xonandalar tölagan soliqlar keskin kamaygani ma’lum bölgandi.