Şavkat Mirziyoyev ötgan yili 2 iyunda Andijon viloyatida bölganida Asaka tumanida zamonaviy issiqxona quriş loyihasi taqdim etilgan edi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Tadbirkor taşabbusi va davlat kömagi natijasida uşbu loyiha qisqa davrda röyobga çiqdi. «Sabo hamkor» mas'uliyati çeklangan jamiyati tomonidan gidroponika usulida banan va pomidor yetiştiriluvçi issiqxonalar bunyod etildi. Turkiyaning «Asya Modern Serachilik» kompaniyasi bilan tuzilgan şartnomaga asosan innovatsion uskunalar olib kelindi.
Prezident mazkur issiqxonalarni kirib kördi. Kompyuter orqali boşqariladigan sovitiş va suğoriş tizimi bilan tanişdi.


2 gektarlik issiqxonada banan köçatlari parvarişlanmoqda. Birinçi mavsumda bu mevadan 250-300 tonna hosil oliş kutilmoqda. Pomidor köçatlari ekilgan 1 gektarlik issiqxonadan joriy yilda 300 tonna hosil oliş va qöşni davlatlarga eksport qiliş möljallanmoqda. Korxonada 40 dan ortiq doimiy iş örni yaratilgan.
Jamiyat tomonidan kelgusida uşbu zamonaviy issiqxona majmuasini kengaytiriş, mahsulotni qayta işlaş va saqlaş şaroitini yaratiş rejalaştirilmoqda.





Eslatib ötamiz, avvalroq davlat rahbarining «Andijan Silk.Co» qöşma korxonasiga taşrifi çoğida «Marhamat - 2017» tuti haqida ma'lumot berilgandi.











