Davlat rahbarining Andijon viloyatiga ötgan yilgi taşrifi çoğida Andijon tumani Xakan qişloğida trikotaj mahsulotlari işlab çiqariş korxonasi taşkil etiş loyihasi taqdim etilgan edi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Milana textile» mas'uliyati çeklangan jamiyati tomonidan 7 milliard söm öz mablaği va «Aloqabank» viloyat filialidan olingan 2 milliard söm kredit evaziga uç qavatli bino rekonstruksiya qilinib, Turkiya va Xitoydan zamonaviy tikuv dastgohlari keltirib örnatildi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugungi kunda korxonada ayollar va bolalar uçun 20 turdan ortiq trikotaj mahsulotlari işlab çiqarilmoqda. Mahsulotlarning asosiy qismi xorijga eksport qilinişi közda tutilgan.

Tumandagi 200 nafardan ortiq qişloq xotin-qizlari doimiy iş örniga ega böldi. 

Davlat rahbari korxona faoliyati bilan tanişdi, işçi-xodimlar bilan muloqot qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sizlarning közlaringizni körib, juda xursand böldim. Qiz bolaning kulgisi, hayotdan roziligi - oilaning baxti, dedi Şavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Avvalroq, prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon viloyati misolida «Har bir oila tadbirkor» dasturi konsepsiyasi bilan tanişgani ma'lum qilingandi.