Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev xususiylaştiriş notöğri amalga oşirilişi tufayli xatoliklarga yöl qöyilgani haqida fikr bildirdi. Davlat rahbari bu haqda Uluğnor tumanida bölib ötgan yiğilişda ma'lum qilgan. 

"Hozir şartnoma tuzayotgan davlatlar nega bizga işonmoqda? Çunki, tartib, intizom borligi uçun, millat birlaşgani uçun. Bitta millatda Qodirovga öxşagan öğrilik qilsa, u millat bölolmaydi, heç qaçon. Nima, Milliy xavfsizlikda ötirganlar uning öğriligini bilmaganmi? Şerik bölgan, asli. Yoki Andijon viloyatida xususiylaştirilgan korxonalar qaysi familiyaga rasmiylaştirilganini bilmaydimi? Hamma biladi. Endi unaqalar bölmaydi. Özi xususiylaştiriş notöğri bölgan, şu işni qilgan odam özbek millatiga xiyonat qilgan.

Agar Andijonda öşa korxonalar turganda, kunimizga yarardi. Xususiylaştirişga qöl qöyişdan avval, oladigan odam korxonani sotib oliş imkoniyatiga ega bölişi kerak edi. U nima uçun qöl qöygan, boşqa davlat olib ketsin, deb qöl qöygandi. Millatim uçun, deb emas. Millatda esa pul bölmagan. Hamma narsa böm-böş bölib yotibdi", deydi davlat rahbari.

Şavkat Mirziyoyevning ta'kidlaşiça, bundan keyin köp masalalarni hokim hal qiladi. 

"U - Prezidentning vakili, viloyat va tumanda boşliq. U davrlar ötib böldi, hokimning obröyini şarmanda qildik. Hokimni şarmanda qilsa, Prezidentni şarmanda qildi demak. Hokim bittayu bitta Konstitutsiya va Prezidentga böysunadi. Oldin, oddiy serjant hokim haqida kiçkina qoğozga ma'lumotnoma yozib topşirgan. Qani endi öşa taşkilotning özi ham halol bölganda edi", deb sözida davom etgan Prezident.