«Özbektelekom» yangi rahbariyati UzPhone milliy messenjerni işlab çiqiş işlarini muzlatib qöydi. Bu haqda fevral oyi oxirida kompaniya boş direktori etib tayinlangan Farhod Röziyev xabar berdi, deb yozmoqda Spot.

«Özbektelekom»ning «Axborot tizimlari» filiali UzPhone mahalliy messenjerini işlab çiqişni rejalaştirgandi. Keyinçalik yangi xizmatning öziga xos xususiyatlaridan biri - jahon analoglari (Telegram, Skype, Viber, WhatsApp) kabi trafikni u qadar köp sarflamaslik ekanida bölişi ma'lum qilingandi.

Şuningdek, Özbekistonda xorijiy kompaniyalar işlab topayotgan mablağning bir qismini oliş ham rejalaştirilgandi. Servisni Smart-TV va IP-telefoniya bilan integratsiya qiliş rejalaştirildi. Kompaniyaning serverlari 1 millionga yaqin foydalanuvçilarga xizmat körsatişga imkon beradi.

Röziyevning xabar berişiça, messenjer böyiça iş «Özbektelekom», birinçi navbatda, telekommunikatsiya kompaniyasi ekani hamda unga infratuzilma, internet va aloqalarni rivojlantirişdagi muammolarni hal qiliş kerakligi tufayli töxtatilgan.

«Men telekommunikatsiya operatori tomonidan işlab çiqilgan dunyodagi muvaffaqiyatli bironta messenjerni bilmayman. Bu boşqa soha. Biz muqobil servislar bilan qanday qilib muvaffaqiyatli raqobatlaşiş va bu loyihani bizning abonentlar bazasiga ötkazişimiz mumkinligini körmayapmiz», - degan Röziyev.