26 may kuni Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida Madridning «Real» klubi «Liverpul» ustidan 3:1 hisobida ğalaba qozondi va turnir ğolibiga aylandi.
«Real Madrid» — «Liverpul» uçraşuvidagi eng yorqin lahzalaridan quyidagi fotoreportajda bahramand böling.
Muxlislar stadionda top-atmosfera hosil qilişdi.

Barça bu yigitlarga köz tikkan edi. Çigalyozdi maşğulotlari


Futbolçilar öyinga tayyor


YeÇL madhiyasi yangradi, futbolçilar esdalikka suratga tuşişdi

Öyin boşlandi

Öyinning dastlabki qismida ikki jamoa ham öta faol bölsada, «Liverpul»ning hujumlari xavfliroq çiqardi.


«Real» hujumlari esa Milner va Henderson boşçiligidagi baquvvat ingliz himoyaçilari tomonidan oson bartaraf etilardi




Uçraşuvdagi birinçi eng xavfli vaziyat ham mersisaydliklar tomonidan ijro etildi, ammo bu vaziyatda Keylor Navas jamoasini qutqardi

Öyinning qariyb yarim soati ötganida, buriliş nuqtasi röy berdi. Serxio Ramos bilan töp uçun kuraş vaqtida «Liverpul» yetakçisi Muhammad Saloh raqib ostida qolib ketdi va qölini jarohatlab oldi.



U öyinni davom ettirişga harakat qildi, ammo közda yoş bilan final uçraşuvida maydonni tark etişga majbur böldi.




Köp ötmasdan madridliklar safida ham jiddiy yöqotiş. Daniyel Karvahal endi jahon çempionatini ötkazib yuboradi


Şundan keyin «Real» ustunlikni öz qöliga ola boşladi, lekin birinçi bölimda muxlislar gol körişmadi.

Ikkinçi bölimda mersisaydliklar darvozaboni işonçsiz harakat qildi. Dastlab u Benzemaga töpni sovğa qildi va darvozasidan birinçi golni olib çiqdi.


«Liverpul» tezkor javob qaytardi.


Şundan söng Klopp şogirdlari faollikni oşirişdi

Öyinning 60-daqiqasida Isko qulay vaziyatni kökka sovurdi, 1 daqiqa ötib Zidan uni maydondan oldi Beylga imkoniyat berdi


Beyl esa maydonga tuşişidan 2 daqiqa ötib, qoyilmaqom zarbasi bilan barçani hayrat köçasiga yetakladi


Öyin oxirida Beylning özi Kariusni yana bir marta doğda qoldirdi. Uning uzoqdan bergan zarbasini germaniyalik darvozabon qöllari orasidan ötkazdi.




Öyin madridliklarning 3:1 hisobidagi işonçli ğalabasi bilan yakunlandi

Nigohlar tilga kirganda...



Bir yonda qayğu, bir yonda tantana

«You never alone walk» «Liverpul» muxlislari qöşiq kuylaşda davom etişdi





Ğalabaning asosiy ijodkorlari







Va albatta Peres













