Mustaqil terrolog-analitik Said-Abdulaziz Yusupov muallifligida «Oq va qora» körsatuvining navbatdagi sonida bugungi kun oilasi va unda tarbiyalanayotgan bola ruhiyati, ma'naviyati haqida söz yuritiladi. 

«XXI asrni biz zamonaviy tahdidlar asri, deb örganganmiz. Bu asr faqatgina iqtisodiy böhronlar, iqtisodiy tahdidlar emas, ma'naviy, ğoyaviy, mafkuraviy tahdidlar asri desak xato bölmaydi. Bugun biz yaşab turgan jamiyatga nazar taşlab köring. Hozir Ramazoni şarif oyidamiz. Kunning ikkinçi yarmida, ya'ni asablar çarçab holdan toygan, şovqin-suron yoqmagan payt bolalarimizning qöliga telefon, planşet va şunga öxşaş narsalarni berib qöyamiz. Muhimi – bolamiz şovqin qilmasa bölgani. Biz öz xotirjamligimizni mana şuning evaziga ta'minlaymiz. Ammo vaqti kelib, buning badali qanday bölişi haqida öylab köryapmizmi?

Bugun uç-tört yaşar bola özi istagan videoni internetdan topib köriş imkoniyatiga ega. Biz aytamiz, bizning davrimizda bunday narsalar yöq edi, ha töğri, bunday narsalar yöq edi. Ammo köçada öynaş, çangga, loyga botiş, qoqiliş va mana şulardan zavq oliş hozirgi bolalarda yöq. Bugun ular internetdan özlari istagan savolga tayyor javob olişyapti. Bu bolani muşohada yuritişdan mahrum etadigan bir holat. 

E'tibor bering, internetdan turli ma'lumot olayotgan bolalar aslida gullar iforidan mahrum bölib qolişyapti, dengizning şovqinini eşitişmayapti. Hayotda insonni inson qiladigan içki bir tuyğu, içki bir dunyoni şakllantiradigan his-tuyğular bugun kitob orqali emas, balki internet orqali şakllanyapti. Bu fikrlarim bilan internetga, texnologiyaga qarşiman demoqçimasman, bu ğirt ahmoqgarçilik böladi. Çunki internet hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Men internet ruhiyatimizning ajralmas qismiga aylanişiga qarşiman. 

Bir narsani misol qilaylik: bugungi kunda oyoği, qöli, quloği, közi, tili iffatli bir avlod yetiştiriş, bir farzand tarbiya qiliş eng buyuk jihodga aylandi, eng buyuk sinovga aylandi. Aslida, farzand Allohning buyuk bir ne'mati. Eng buyuk sinov – eng buyuk ne'matda böladi. Sizni azoblaşi mumkin, aytganingizni qilmasligi mumkin, ammo biz mana şu sinovdan qanday ötyapmiz? Bugun bolangizning qöliga planşet berib qöyib, uni muşohadadan ayro qilib qöyişingiz butun boşli jamiyatning, butun boşli davlatning kelajagini tahlikaga soliş bilan barobar.

Ommaviy axborot vositalari yoşlarimizning ruhiyatini buzib tursa, ma'naviyatini buzib tursa, bu işlarini oçiqdan-oçiq qilişsa, Yoşlar ittifoqi kabi taşkilotlar ming tarbiya bergani bilan, tarbiyaga çaqirgani bilan bu narsaning foydasi bölmaydi. 

Yana bir katta muammolarimizdan biri, biz ikki boşli bolalarni tarbiya qilyapmiz. Alloh taolo Qur'onda aytadiki: “Mas'uliyat – erkaknikidir”. Aksariyat oilalarimizda nima bölyapti? Ota bir gap aytyapti, ona boşqa gap aytayapti. Bu bola ikki boşli bola bölib ulğayapti, qaror qabul qilolmayapti. Ijtimoiy hayotga qarorsiz bir şaklda kelyapti. Oilada qaror qabul qiliş otaning mas'uliyati. Uni hayotga tatbiq etiş esa onaning mas'uliyatidir.