Amazon va Blue Origin kompaniyalari rahbari Jyeff Bezos 2020 yilgaça orbitaga köp marta işlatiluvçi New Glenn kemalarini uçirmoqçi. Bundan taşqari, Bezos NASA bilan birgalikda Oyni zabt etiş uçun yangi raketa yaratmoqçi. Agar u koinot agentligi bilan kelişa olmasa, unda butun boyligi – 133 mlrd dollarni şu loyihaga sarflaşga tayyor. 

Bezos kelgusida Oyda millionlab odamlar işlaşini aytmoqda. Uning fikriça, bu sayyoramiz ekologiyasiga yuklama va elektr energiya sarfini kamaytirişning yagona imkoniyatidir. Bezosning aytişiça, koinotdagi zavodlar quyoş energiyasidan işlaydi.

“Biz sayyoramizni tark etişimizga töğri keladi va biz uni yaxşiroq körinişga keltiramiz. Biz uni şunçaki tark etamiz, qolmoqçi bölganlar esa qoladilar. Yer oğir sanoat uçun eng yaxşi joy emas. Balki hozir bu biz uçun qulaydir, biroq unça uzoq bölmagan kelajakda – men yuz yillar emas, ön yillar haqida gapirmoqdaman – biz Yerda qilişga odatlangan narsalarni Oyda qilişimiz osonroq böladi, çunki bizda ulkan miqdorda energiya böladi”, deb aytgan Bezos.

Bezos bir urinişda Oyga 5 tonnadan köproq yuk, keyinçalik esa odamlarni yetkazuvçi qurilma modelini namoyiş qilgan.

Yaqinda Bezosning Blue Origin kompaniyasi joriy yilda özining subortibal kemasi New Shepard’ning ilk va muvaffaqiyatli sinovini ötkazdi. Kema jamoasi uni muvaffaqiyatli uçirib, qöndira olgan. Kema özi uçun maksimal balandlikka – 106 kmga kötarilgan. Bu balandlik orqali, xalqaro standartlarga köra, Karman çiziği ötadi, aynan undan keyin koinot boşlanadi. Kema sayyohlarni aynan şu balandlikkaça kötarişi rejalaştirilmoqda. 

Blue Origin 2021-2022 yillarda orbitaga Eutelsat Communications SA sun'iy yöldoşini yetkazadi. Bu missiya uçun kompaniya New Glenn raketasini qöllaydi. Kema hozirça loyihalaniş bosqiçida turibdi.