Agentlik vakillari Floridadagi Kennedi kosmik markazida ötkazilgan matbuot anjumanida parvoz bosqiçlari haqida maʼlum qildi. NASA’ning «Artemida» dasturi rahbari Jeremi Parsons bu jarayonni agentlik amalga oşirgan eng murakkab uçiriş kampaniyalaridan biri bölişi mumkinligini taʼkidladi.
Missiyada NASA’ning Space Launch System (SLS) raketasi, SpaceX’ning Starship tizimi va Blue Origin’ning New Glenn raketasi iştirok etadi. Ularning barçasi Floridadagi kosmodromlardan uçirilişi rejalaştirilgan.
Avval Blue Moon, keyin astronavtlar uçiriladi
Rejaga köra, dastlab New Glenn raketasi Blue Moon qöniş modulini past Yer orbitasiga olib çiqadi. Keyin SLS raketasi Orion kemasini «Artemida III» ekipaji bilan uçiradi.
Ekipaj tarkibiga NASA astronavtlari Rendi Bresnik, Andre Duglas va Frenk Rubio, şuningdek, Yevropa kosmik agentligi vakili Luka Parmitano kiritilgan.
SLS Orion’ni dastlab balandligi taxminan 29 kilometrdan 1806 kilometrgaça özgarib turadigan elliptik orbitaga çiqaradi. Şundan söng kema öz dvigatellari yordamida taxminan 555 kilometr balandlikdagi orbitaga ötadi.
Bu bosqiçda kemaning harorat rejimini nazorat qilişga alohida eʼtibor qaratiladi. Orion uzoq kosmosga parvozlar uçun yaratilgani sababli past Yer orbitasida uning issiqlik muvozanatini saqlaş murakkabroq böladi.
Astronavtlar Blue Moon içidagi tizimlarni tekşiradi
Parvozning dastlabki ikki kunida ekipaj Orion va uning tizimlarini tekşiradi. Uçinçi kuni kema taxminan 439 kilometr balandlikda Blue Moon bilan uçraşişi va tutaşişi kerak.
Keyingi ikki kun davomida astronavtlar lyukni oçib, qöniş moduliga ötadi. Ular haroratni boşqariş, hayotni taʼminlaş va içki muhitni nazorat qiliş tizimlarini sinaydi. Şuningdek, apparat germetik bölinmada zarur bosimni saqlay olişi tekşiriladi.
Ekipaj favqulodda vaziyatlardagi harakatlarni va özaro tutaşgan ikki kemani boşqarişni ham maşq qiladi. Parvozni boşqariş markazlarining bunday operatsiyalarga tayyorligi baholanadi.
Starship bilan tutaşuv ikki soat davom etadi
Blue Moon bilan sinovlar tugagaç, taxminan missiyaning oltinçi kuni Starship uçiriladi. Uning burun qismiga maxsus tutaşuv adapteri örnatiladi.

















