Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Ukrainaga Qrimni qaytarib berişi uçun asoslar yöqligini aytdi.
“Bunga asoslar yöq”, deb javob qilgan Putin tegişli savolga Avstriyaning ORF telekanaliga bergan intervyusida.
Putin 5 iyunda Venaga taşrif buyuradi. Taşrif davomida Putinning Avstriya prezidenti Aleksander Van der Bellen va kansleri Sebastyan Kurts bilan uçraşuvlari ötkazilişi rejalaştirilgan.
Qrim 2014 yil martdagi referendumdan keyin Rossiya hududiga aylangan. Referendumda Qrim Respublikasining 96,77 foiz va Sevastopolning 95,6 foiz aholisi Rossiya tarkibiga kiriş uçun ovoz bergan. Qrim rahbariyati referendumni Ukrainada 2014 yil fevralda davlat töntaruvi yuz bergandan keyin ötkazişga qaror qilgan.
Ukraina hamon Qrimni vaqtinçalik bosib olingan hududi deb hisoblab keladi. Rossiya rahbariyati bir neça marotaba Qrim aholisi demokratik yöl va BMT nizomiga töliq mos holda Rossiya bilan birlaşişga qaror qilganini aytgan. Putinning aytişiça, Qrim masalasi “batamom yopilgan”.












