Özbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoaning FIFA reytingida pastlab, 95-öringa tuşib ketgani, hatto Qirğiziston va Livandan ham orqada qolganiga izoh berdi.

«FIFA reytingi nisbiy körsatkiçdan boşqa narsa emas. Özbekiston termasining ayni vaqtda 95-örinda turgani, uning özidan oldinda turgan jamoalardan kuçsizligini bildirmaydi», deb yozadi ÖFA sayti.

«Özbekiston milliy termasi 2017 yilning 5 sentabr sanasidan buyon rasmiy musobaqadagi öyinda iştirok etgani yöq. Undan oldinga ötib olgan termalar esa Osiyo Kubogi uçun saralaşni davom ettirişga majbur bölgandi. Öşa öyinlarda qölga kiritilgan oçkolargina ayni paytdagi reytingga sabab böldi».

«ÖFA öz prinsiplaridan çekinmaydi va örtoqlik öyinlarini sifatli taşkil qiliş uçun harakatni davom ettiradi. Ya'ni, kuçsizroq raqiblarni yengib, jadvalda kötarilib oliş haqida öylamaydi. 2019 yilning yanvar oyida bölib ötadigan Osiyo Kubogi esa hamma masalaga oydinlik kiritib beradi».

«Osiyo Kubogiga qur'a taşlanişida FIFA reytingi inobatga olinmadi. JÇ—2022 saralaşiga qur'a esa Osiyo Kubogidan keyin bölib ötadi. Qit'a çempionatidagi natija Özbekiston termasini reytingda yuqoriga olib çiqişi mumkin».

Taşkilot fikriga köra, reytingdagi şönğiş - avvalgi rahbariyatning aybidir.

«Ma'lumot uçun, ÖFA rahbariyatida özgariş yuz berganidan keyin Özbekiston termasi birorta ham rasmiy öyinda iştirok etganiça yöq. FIFA reytingi sönggi 4 yillik natijalaridan kelib çiqib tuziladi. Demak, ayni vaqtdagi holat uçun javobgarlik kimlarning zimmasida ekani barçaga ma'lum» - deyiladi ÖFA sayti xabarida.