Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) mamlakatning husiylar tomonidan öqqa tutilişi tufayli yuzaga kelgan şubhalarga qaramay, Saudiya Arabistonida bölib ötadigan 2027-yilgi Osiyo kubogi taqvimini eʼlon qildi. Turnir 7-yanvar kuni Ar-Riyozda mezbonlarning Falastinga qarşi öyini bilan boşlanadi.

Özbekiston milliy jamoasi turnirdagi iştirokini 8-yanvar kuni Iordaniyaga qarşi öyin bilan boşlaydi. Bahs Jidda şahridagi «King Abdullah Sports City» stadionida Toşkent vaqti bilan soat 21:30 da boşlanadi.

Ikkinçi tur bahsi 12-yanvar kuni KXDR milliy jamoasiga qarşi bölib ötadi. Ar-Riyozdagi «Kingdom Arena» stadionida ötadigan öyin vaqti soat 18:30 ga belgilangan.

Guruh bosqiçining sönggi, uçinçi turida Özbekiston 17-yanvar kuni Bahrayn bilan kuç sinaşadi. Mazkur bellaşuv soat 18:30 da Jidda şahridagi «Prince Abdullah Al Faisal Sports City» stadionida bölib ötişi rejalaştirilgan.

Osiyo Kubogida 24 ta milliy jamoa 6 ta guruhga ajratilgan. Guruhda 1- va 2-örinlarni egallagan jamoalar, şuningdek, 3-örinni egallagan eng yaxşi 4 ta jamoa pley-off bosqiçiga çiqadi.

Avvalroq OFK prezidenti şayx Salmon notinç vaziyat tufayli musobaqa muddati köçirilişi mumkinligini istisno etmagan edi.

Şayx Salmon, «agar zarurat tuğilsa», turnirni bir yilga - 2028-yilgaça keçiktiriş mumkinligini aytdi, ammo OFK bu borada qaror qabul qilişga şoşilmoqçi emas. Uning sözlariga köra, yakuniy töxtamga noyabr oyi oxirigaça keliş mumkin. Mahalliy taşkiliy qömita esa tayyorgarlik reja asosida ketayotganini taʼkidlab, vaziyatni kuzatib borişga vaʼda bermoqda.

Sönggi haftalarda Yaman husiylari bilan uruşning keskinlaşuvi fonida Saudiya Arabistoni hujumlarga uçradi. Bu sport tadbirlariga ham taʼsir körsatdi: milliy çempionatning uçta öyini, jumladan, Kriştianu Ronalduning «An-Nasr» jamoasi iştirokidagi uçraşuv qoldirildi, uşbu klubning OFK Çempionlar ligasi doirasidagi öyini esa urib tuşirilgan raketa tufayli keçiktirildi. Keyinroq Osiyo Kubogi bahslariga mezbonlik qiladigan stadiondagi yana bir öyin boşqa muddatga köçirildi. Saudiya futbol federatsiyasi öyinning köçirilişi xavfsizlik bilan boğliqligini rad etib, buni mehmon klubning safaridagi muammolar bilan izohlamoqda.

Turnir iştirokçilari ham xavotir bildirişdi. Avstraliya vaziyatni «diqqat bilan kuzatib borayotganini» maʼlum qilgan bölsa, Janubiy Koreya futbolçilari kasaba uyuşmasi öyinçilarning xavfsizligidan «jiddiy xavotirda» ekanini bildirdi. Ötgan hafta Yaponiya futbolining yuqori martabali vakili hozirgi vaziyatda turnirni öz vaqtida ötkaziş qiyin bölişini aytgan edi.