Özbekiston milliy jamoasi Toşkentdagi «Paxtakor» stadionida Rossiya milliy jamoasiga qarşi örtoqlik öyinini ötkazdi va 2:0 hisobida oldinda borayotib, yakunda ğalabani uşlab qololmadi.
Maydon egalari 5-daqiqadayoq hisobda oldinga çiqib oldi: Rossiya milliy jamoasi himoyaçisi Viktor Melyoxin töpni öz darvozasiga yölladi. Tanaffusdan söng darhol, 46-daqiqada Behruz Karimov özbekistonliklar ustunligini ikki barobarga oşirdi.
Ammo öyin yakuni mezbonlar ustunligida ötdi. 70-daqiqada Nikolay Komliçenko hisobni qisqartirdi va 75-daqiqada tenglaştirdi, 79-daqiqada esa Aleksey Mirançuk rossiyaliklarga ğalaba keltirgan golni urdi.
Bu jamoalarning ikkinçi şunday öyini böldi. 2022-yildagi bahs 0:0 hisobida yakunlangan edi.
Özbekiston milliy jamoasi navbatdagi örtoqlik öyinini 17-noyabr kuni Qatar poytaxti Doha şahrida Saudiya Arabistoniga qarşi ötkazadi.
Örtoqlik öyini
12-noyabr, Toşkent, «Paxtakor» stadioni
Özbekiston - Rossiya 2:3
Gollar: Viktor Melyoxin (5 avtogol), Behruz Karimov (46) - Nikolay Komliçenko (70, 75), Aleksey Mirançuk (79)
Boş hakam: Saʼdullo Gulmurodiy (Tojikiston)
Özbekiston: Vladimir Nazarov, Behruz Karimov, Akmal Mozgovoy, Azizjon Ğaniev (Diyor Xolmatov 62), Eldor Şomurodov (Husayn Norçayev 80), Dostonbek Hamdamov (Ruslanbek Jiyanov 62), Abbosbek Fayzullayev (Aziz Amonov 80), Şerzod Esanov, Mahmud Mahamadjonov (Dilşodbek Murtazoyev 80), Jahongir Örozov, Muhammadrasul Abdumajidov.
Boş murabbiy: Fabio Kannavaro (Italiya)
Rossiya: Matvey Safonov, Danil Krugovoy, Leçi Sadulayev (Aleksey Mirançuk,66), Konstantin Tyukavin (Nikolay Komliçenko 66), Viktor Melyoxin, Yaroslav Gladişev (Kirill Glebov 66), Aleksandr Silyanov (Kirill Danilov 46), Ivan Oblyakov (Aleksey Mironov 66), Ilya Vaxaniya, Matvey Kislyak, Aleksey Batrakov
Boş murabbiy: Valeriy Karpin
Ogohlantirişlar: Akmal Mozgovoy (16), Ilya Vaxaniya (19), Şerzod Esanov (65)













