Turinda Car Design Award 2018 mukofotlarini topşiriş marosimi bölib ötdi. 12 jurnalistdan iborat hay'at uç yönaliş: “kontsept-kar”, “seriyali avtomobil” va “brendning dizayn tili”  böyiça ğoliblarni aniqladi. Uşbu mukofotlarga Honda, Jaguar va Volvo loyiq deb topildi.

Oxirgi yillar yaratilgan kontsept-karlar örtasida eng yuqori ballni kiçik ölçamli Honda Urban EV oldi. Jurnalistlar yapon markasi dizaynerlarini retro-motivlar va futuristik körinişlarni uyğunlaştira olganlari uçun yuqori baholaganlar. 

Foto: Honda Urban EV
Foto: Honda Urban EV

Ovoz beriş natijalariga köra, bu yönalişda 2- va 3-örinni Genesis Essentia hamda Mazda Vision Coupe modellari egallagan.

Foto: Genesis Essentia
Foto: Mazda Vision Coupe

Seriyali işlab çiqariluvçi maşinalar orasida dizayn uçun eng yuqori ball Jaguar E-Pace krossoveriga berilgan. 2- va 3-örinlarni Aston Martin Vantage hamda Polestar egallagan.

Foto: Jaguar E-Pace
Foto: Jaguar E-Pace
Foto: Aston Martin Vantage
Foto: Polestar 1

Eng yaxşi dizayn tili uçun mukofot Volvöga berilgan. Hay'at a'zolari uşbu marka bilan oxirgi yillar yuz bergan özgarişlarni alohida ta'kidlab ötişgan.

Car Design Award mukofoti Auto & Design italyan jurnali boş muharriri Fulvio Çinti tomonidan 1984 yilda taşkil etilgan. Bu mukofot 1997 yilgaça har yili ötkazib kelingan, biroq köp yillarga töxtab qolib, 2016 yildagina yana ötkazila boşlangan. Hozir mukofotning hay'atlar tarkibiga Yevropa, AQŞ, Lotin Amerikasi va Osiyodan 12 jurnalist kiradi. Ötgan yil mukofotlar Jaguar I-Pace elektr mobiliga, seriyali sportkar Ford GT va Land Rover brendiga berilgan.