Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentabrdagi 508-son qarori bilan Toşkent şahrida qonunçilik hujjatlarini buzganlik uçun uşlangan transport vositalarini evakuatsiya qiliş, joylaştiriş va saqlaş tartibi takomillaştirildi.

Qaror 2026-yil 24-dekabrdan kuçga kiradi.

Yangi tartibga köra, avtomobil evakuatorga yuklanişidan oldin haydovçi yetib kelib, qoidabuzarlikni bartaraf etsa, transport vositasi jarima maydonçasiga olib ketilmaydi.

Biroq avtomobilni evakuatorga qisman yoki töliq yuklaş boşlangan bölsa, haydovçi yetib kelgan taqdirda ham evakuatsiya töxtatilmaydi.

Transport vositasini saqlab turiş muddati avtomobil evakuatorga joylaştirilgan paytdan boşlab hisoblanadi. Saqlaş xarajatlari esa amalda saqlangan töliq sutkalar uçun undiriladi.

Evakuatsiya qança turadi?

Toşkent şahrida avvalroq belgilangan eng yuqori tariflarga köra:

  • Evakuatsiya - har bir kilometr uçun 88 ming sömgaça;

  • Evakuatsiyaning umumiy qiymati - 1 mln 760 ming sömdan oşmaydi;

  • Jarima maydonçasida saqlaş - har bir sutka uçun 88 ming sömgaça.

Masalan, avtomobil 3 kilometr masofaga evakuatsiya qilinib, jarima maydonçasida 3 sutka saqlansa, maksimal tariflar böyiça jami 528 ming söm tölaşga töğri keladi.

Bunga yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan maʼmuriy jarima ham qöşilişi mumkin.

Avtomobillar QR-kod orqali qaytariladi

Yangi tartibga muvofiq, transport vositalarini jarima maydonçasiga olib keliş, saqlaş va qaytariş jarayonlari «Jarima maydonçasi» elektron moduli orqali yuritiladi.

Avtomobilni qaytarib oliş uçun uni uşlab turiş sabablari bartaraf etilişi va vakolatli organ tomonidan elektron ruxsatnoma rasmiylaştirilişi kerak.

Ruxsatnoma QR-kod bilan tasdiqlanib, bir iş kuni içida haydovçiga va jarima maydonçasi operatoriga elektron tarzda yuboriladi. Haydovçining telefoniga SMS-xabar ham keladi.