Britaniyaning Jaguar kompaniyasi Type 01 seriyali elektromobilini taqdim etdi. Yangi model Britaniya markasi tarixidagi eng quvvatli avtomobilga aylandi va u kelasi yili sotuvga çiqariladi

Yangi avtomobil Type 00 konsepsiyasining seriyali talqini bölib, uning dizayni avtomobil işqibozlari va mutaxassislari orasida turliça baholangan edi. Model uzun kapot, ingiçka diodli optika, şaffof tom, uzaytirilgan orqa osma, börtgan spoyler hamda 23 dyuymli ğildirak disklariga ega böldi. Biroq ikki eşikli prototipdan farqli ölaroq, seriyali fastbek tört eşikli gran-turizmo körinişida yaratildi.

Jaguar

Yangi modelda odatiy radiator panjarasi örnini gorizontal çiziqli qoplama egallagan. Şu bilan birga, elektromobilning orqa oynasi yöq. Bunday yeçim ilgari Avatr 12 va Polestar 4 modellarida ham qöllanilgan edi. Aerodinamik qarşilik koeffitsiyenti - 0,23 ni taşkil etadi. Bu Jaguar avtomobillari uçun rekord körsatkiçdir.

Intererning asosiy öziga xosligi butun salon böylab çözilgan va uni alohida hududlarga ajratib turuvçi uzun markaziy konsol böldi. Unda anʼanaviy tugmalar yöq. Avtomobilning asosiy funksiya hamda tizimlarini 7 dyuymli ekran va rul çambaroğidagi sensorli panellar orqali boşqariş mumkin.

Şu bilan birga, Jaguar Type 01 modelida multimedia tizimi ekrani yöq. Barça zarur körsatkiçlar, jumladan, navigatsiya maʼlumotlari diagonali 24 dyuym bölgan ulkan raqamli asboblar panelida aks etadi. Yana bitta ekran esa raqamli orqa köriniş közgusi vazifasini ötaydi, unga tasvir tomga örnatilgan kamera orqali uzatiladi.

Jaguar

Type 01 850 voltli arxitekturaga asoslangan yangi Jaguar Electric Architecture (JEA) platformasida işlab çiqilgan. Avtomobil umumiy quvvati 1030 ot kuçi va 1365 N·m aylanma lahzaga ega uçta elektromotor bilan jihozlangan. Maşina 100 km/soat tezlikka bor-yöği 3,2 soniyada erişadi. Elektromobilning bir quvvatlanişdagi yuriş zaxirasi 720 km ni taşkil qiladi. Batareya quvvatini 10 foizdan 80 foizgaça 22 daqiqada töldiriş mumkin.

Yangi modelga buyurtmalar qabul qiliş 2027-yilda boşlanadi. Avtomobillarni xaridorlarga dastlabki yetkazib beriş esa kelasi yilning ikkinçi yarmiga rejalaştirilgan. Modelning Buyuk Britaniyadagi narxi 130 ming funt sterlingdan (2026-yil 7-oktabr holatiga köra taxminan 2 milliard söm) boşlanadi.