Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov ŞHT Boş kotibligiga tasdiqlandi. Bu haqda Tsindaoda ötkazilgan ŞHT Davlat rahbarlari kengaşi majlisidan söng e'lon qilindi.
Özbekiston vakili bu lavozimda Tojikiston vakili Raşid Alimov örnini egallaydi.
«Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov ŞHT Boş kotibligiga tasdiqlandi. Tojikiston vakili Jumaxon Ğiyosov ŞHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qömitasi direktori etib tayinlandi», – deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.
Norov 2019 yil 1 yanvaridan 2021 yil 31 dekabriga qadar ŞHT boş kotibi böladi.
1955 yilda Buxoroda tuğilgan Vladimir Norov 2006 yil 12 iyuldan 2010 yil 12 yanvargaça – Özbekiston Taşqi işlar vaziri bölib işlagan.
U turli yillarda turli mamlakatlarda elçi sifatida faoliyat körsatgan (1998—2003 yillarda — Özbekistonning Germaniyadagi, örindoşlik asosida – Polşa va Şveytsariyadagi elçisi. 2005—2006 yillarda — Özbekistonning Belgiyadagi elçisi. 2013 yil 27 avgustdan — Özbekistonning Belgiyadagi elçisi. 2014 yilning 2 dekabridan Özbekistonning Lyuksemburgdagi elçisi).
U 2017 yil mayida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga direktor etib tayinlangandi.








