2018 yilning I çoragi böyiça Özbekistondan Rossiyaga kiruvçilar soni 41 ming nafarni taşkil qilgan, bu esa mazkur körsatkiçlarning ötgan yilgi statistikaga nisbatan 59 foizga qisqarganini körsatmoqda. "TurStat" sahifalarida joriy yilning ilk uç oyligi doirasida Rossiyaga kiriş turizmi statistika ma'lumotlari taqdim etildi.

Statistika Janubi-Şarqiy Osiyo va Yevroittifoq mamlakatlaridan Rossiyaga keluvçi sayyohlar hisobiga I çorakda kiriş turizmi körsatkiçlari oşganini körsatgan.

I çorak yakunlariga köra, Rossiyaga kiriş turizmi böyiça top-10 mamlakatlar röyxatiga Ukraina, Qozoğiston, Xitoy, Finlyandiya, Ozarboyjon, Polşa, Armaniston, Moldova, Abxaziya, Qirğiziston va Estoniya kiritilgan.

Manbada ta'kidlanişiça, Xitoy özining 216 ming sayyohi (+18 foiz), Janubiy Koreya 34 ming (+48 foiz) sayyohi bilan 2018 yilning ilk uç oyida Rossiyaga kiriş turizmi ösişi böyiça yetakçilik qildi.

Finlyandiya, Polşa, Estoniya va Germaniya Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan Rossiyaga keluvçilar orasida eng yuqori körsatkiçlarni qayd etdi.