AQŞ hukumati 14 iyunda Koreya yarimorolidagi qöşma harbiy maşğulotlar töxtatilişini rasman e'lon qiladi. Bu haqda AQŞ ma'muriyatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali ma'lum qildi.    

Telekanal ma'lumotlariga köra, ayni vaqtda AQŞ mudofaa vaziri Jyeyms Mettis va AQŞ qurolli kuçlari ştablari boşliqlari qömitasi raisi – general Jozef Danford harbiylar uçun tegişli yöriqnomalarni işlab çiqişmoqda. 

Donald Tramp va Kim Çen Inning Singapurdagi uçraşuvi yakunlariga köra qöşma hujjat imzolangan. Unga köra, Şimoliy Koreya AQŞ tomonidan xavfsizlik kafolati berilişiga javoban Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirişni öz zimmasiga oladi. Bundan taşqari, Tramp Janubiy Koreya bilan birgalikda ötkazilayotgan harbiy maşğulotlarni töxtatişga va'da bergan. Biroq keyinroq AQŞning Janubiy Koreyadagi harbiy kontingenti qömondonligi bu borada heç qanday buyruq olinmaganini ma'lum qilgandi.   

CNN’ning ta'kidlaşiça, Tramp bu masalada Xitoy raisi Si Tszinpin ta'siri ostida yonbosişga qaror qilgan.