Rossiyaning AQŞdagi elçixonasi Amerika tomonida sudlanganlarni ozod qilişni talab etişga ma'nan huquq yöqligini ma'lum qildi. Sababi Vaşington uçinçi davlatlar hududida Rossiya fuqarolariga «doimiy ov» uyuştirmoqda. Bu haqda elçixona feysbukdagi sahifasida xabar bergan.
Elçixonadan ta'kidlaşlariça, Amerika tomoniga Rossiyaning oğir jinoyatlar uçun qonuniy asoslarda sudlangan mahbuslarni ozod etiş böyiça pozitsiyasi ma'lumdir. Bayonotda ta'kidlanişiça, AQŞ taşqi siyosat idorasi vakili Xizer Nauert himoya qilayotgan şaxslar orasida terrorizm uçun sudlanganlar ham bor.
«Amerika isteblişmentida Rossiyani ayblaş va kimnidir ozod etişni talab qilişga heç qanday ma'nan huquq yöqdir. Buning ustiga, uçinçi davlatlarda Rossiya fuqarolariga doimiy ravişda ov uyuştirilmoqda», - deyiladi bayonotda.
Elçixona AQŞni Rossiya içki işlariga aralaşmaslikka çaqirgan. Bundan taşqari, Rossiya tomoni mamlakatning adolatsiz ravişda sudlangan fuqarolarini qaytarişni talab qildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Putin va Tramp nega uçraşişi kerakligi aytilgandi.












