Elektron tölovlar tizimini yanada rivojlantiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ommabop bölgan Click va Payme tölov tizimlari orqali notarial harakatlar uçun tölovlarni amalga oşiriş imkoniyati yaratildi. Oldinlari bunday imkoniyat faqat UPAY tizimida bor edi. 

Tölovlar bank kassalari yoki mobil telefonlar orqali amalga oşirilişidan qat'iy nazar, bu haqdagi ma'lumot “Notarius” axborot tizimida onlayn tarzda aks ettiriladi.

Endilikda, fuqarolar davlat boji va boşqa tölovlarni amalga oşiriş uçun kassalarda navbat kutib turişi şart emas, fuqarolardan belgilanganidan ortiqça pul mablağlari talab etilişi oldi olinmoqda.

Joriy etilgan yangilik aholiga qulaylik yaratişi bilan birga huquqiy xizmat körsatiş jarayonida sifat va tezkorlikni ta'minlaydi hamda korrupsiyaning oldini olişga xizmat qiladi.