«Korzinka» supermarketlar tarmoği va payme tölov xizmati Korzinka Plus kartasini rasmiylaştiriş hamda xaridlar uçun tölaş jarayonini yanada qulaylaştirdi. 21-sentabrdan boşlab payme foydalanuvçilari kartani bevosita ilovada rasmiylaştirişlari mumkin böladi. Karta oçilgandan söng, u avtomatik ravişda payme platformasiga qöşiladi, şuning uçun foydalanuvçilardan qöşimça amallar bajariş yoki boşqa xizmatlarga ötiş talab etilmaydi, bu esa vaqtni tejaydi va kartaning olinişini osonlaştiradi.
Yangi imkoniyat «Korzinka» va payme örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirib, sodiqlik kartasini rasmiylaştiriş va xaridlar uçun tölaş amallarini bitta ilova doirasida birlaştiradi.
Korzinka Plus kartasi payme ilovasiga qöşilganda, foydalanuvçilarga «Keyinroq tölaş» xizmatining maxsus şartlari taqdim etiladi, yaʼni:
• «Korzinka» tarmoğidagi xaridlarga 30 kun içida ortiqça xarajatlarsiz tölaş mumkin böladi;
• agar avvalroq boşqa sodiqlik kartalari xizmatga ulanmagan bölsa, joriy tasdiqlangan keçiktiriş limiti 100 000 sömga oşiriladi.
Uşbu şartlardan foydalaniş uçun payme xizmatidagi «Sodiqlik kartalari» bölimiga Korzinka Plus kartasini qöşiş va tölov paytida «Keyinroq tölaş» xizmatini tanlaş kifoya.
«Korzinka» mijozlari uçun payme ilovasida uzoq vaqtdan beri 30 kungaça bölib tölaş limiti mavjud. Agar biror sabab tufayli hali sizda Korzinka Plus kartasi bölmasa, endi uni töğridan töğri payme ilovasining özida rasmiylaştirişingiz mumkin”, - dedi «Korzinka» supermarketlar tarmoği marketing departamenti direktori Malik Karimov.
Xaridlar uçun payme go orqali tölov amalga oşirilganda, quyidagi bonuslar avtomatik ravişda hisoblanadi:
• Korzinka Plus kartasiga 3% gaça keşbek;
• payme xizmatidagi keşbek balansiga +1% (payme plus obunasi bilan sarflaş mumkin, birinçi oy bepul);
• Soliq ilovasida +1% keşbek.
Ilovalarni quyidagi havolalar orqali yuklab oliş mumkin: payme va













