Özbekiston Respublikasi prezidenti «Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.

Belgilab qöyilişiça, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi tizimiga kiradi hamda quyidagi yönalişlar böyiça mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasi oşirişni, yuqori darajada fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilişini ta'minlaydigan asosiy oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi:

  • xalqaro iqtisodiyot va menejment;
  • xalqaro munosabatlar va siyosiy fanlar;
  • xalqaro ommaviy va xususiy huquq;
  • gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati.

Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilandi:

  • ilğor xorijiy tajribadan, şu jumladan, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar va ilmiy işlanmalardan foydalaniş, mamlakatdagi ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining mazkur yönalişdagi faoliyatini samarali muvofiqlaştiriş asosida respublika taşqi siyosiy hamda taşqi iqtisodiy faoliyati sohasida xalqaro mutaxassislarni tayyorlaşning yuqori sifatini ta'minlaş;
  • talabalarning mustaqil tayyorgarlik körişini çuqurlaştirişni, ularda tahliliy fikrlaşni, mustahkam kasbiy könikmalarni, yuksak ma'naviy-axloqiy va vatanparvarlik fazilatlarini şakllantiriş hamda rivojlantirişni ta'minlaydigan öquv rejalari va dasturlarining amaliy mazmunini kuçaytiriş;
  • Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi hamda boşqa sohaviy vazirlik va idoralarning doimiy yangilanib turadigan istiqbolli kadrlar zaxirasini şakllantiriş maqsadida xalqaro sohadagi kadrlarni qayta tayyorlaş hamda ularning malakasini oşirişning samarali tizimini yaratiş;
  • xalqaro munosabatlar, xorijlik şeriklar bilan hamkorlik, mamlakatimizning taşqi siyosiy hamda taşqi iqtisodiy faoliyati rivojlanişining prognoz baholarini va istiqbollarini işlab çiqişga qaratilgan fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar samaradorligini tubdan oşiriş;
  • xalqaro munosabatlarning ustuvor yönalişlari böyiça yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaş;
  • xorijiy mamlakatlarning rasmiy tadbirlari va delegatsiyalariga yuksak darajada hamrohlik qilişni ta'minlaşga safarbar etilgan yuqori malakali professional tarjimonlar hamda gidlarni öqitişning zamonaviy uslublari va vositalaridan foydalangan holda taşkil etiş;
  • Universitetning moddiy-texnika bazasini rivojlantiriş hamda mustahkamlaş, xodimlarni moddiy rağbatlantiriş va ijtimoiy himoya qilişni yaxşilaş, ularning samarali işlaşi uçun munosib şart-şaroitlar yaratiş böyiça taşkiliy-huquqiy çora-tadbirlarni işlab çiqiş hamda amalga oşiriş.