Rossiyada jahon çempionati öyinlari davom etmoqda.
Ye guruhida Braziliya va Kosta-Rika terma jamoalari bellaşdi. Öyin «pentakampeonlar»ning katta ustunligi ostida ötgan bölsa-da, muxlislar golni juda uzoq vaqt kutişdi.
Braziliya terma jamoasi bahsda köplab imkoniyatlardan foydalana olmadi va faqat hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda urilgan Koutino va Neymar gollari evaziga ğalabani ilib ketdi.
Bu natijadan söng, Braziliya 4 oçko bilan guruhda peşqadam bölib oldi. Serbiya hisobida 3, Şveytsariyada 1 oçko bor. Kosta-Rikada oçko yöq. Guruhning yana bir öyinida Serbiya va Şveytsariya bellaşadi.
JÇ-2018, Ye guruhi
Braziliya – Kosta-Rika 2:0
22 iyun, Sankt-Peterburg, «Krestovskiy» stadioni
Gol: 1:0 – 90+1 Koutino, 2:0 – 90+7 Neymar
Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Marselo, Fagner, Miranda, Paulino (Firmino, 68), Kazemiro, Koutino, Villian (Duglas Kosta, 46), Neymar, Gabriel Jyezus (Fernandino, 90).
Kosta-Rika – Navas, Gonsales, Akosta, Ovedo, Duarte, Venegas, Borxes, Ruis, Gusman (Texeda, 83), Gamboa (Kalvo, 75), Urenya (Bolanos, 54).
Ogohlantirişlar: Neymar (81), Koutino (81), Akosta (84).













