Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26 iyun kuni avtomobil sanoatida joriy yil uçun belgilangan işlab çiqariş va eksport körsatkiçlarini ta'minlaş, tarmoqning rivojlaniş istiqbollarini belgilaş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avtomobil sanoati mamlakat iqtisodiyotida muhim örin tutişi, lekin keyingi paytlarda işlab çiqariş va eksport hajmi kamaygani qayd etildi. Tarmoqning barça darajadagi boşqaruvida korrupsiya, tovlamaçilik, taniş-bilişçilik kabi illatlar tomir otib ketgani tanqid qilindi.
“Özavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tizimida qarzdorlik yuzaga kelgan. Ötgan yili kompaniyaning bir neçta korxonasi faoliyatini zarar bilan yakunlagan. Avtomobillar yillar davomida öz tannarxidan past qiymatda eksportga sotilgan. Öz navbatida, tannarxni tuşiriş böyiça salmoqli iş qilinmagan.
Davlat rahbari avtomobilsozlikda mahsulot tannarxini kamaytiriş, mahalliylaştiriş darajasini oşiriş, importni qisqartiriş böyiça topşiriqlar berdi. Tarmoq korxonalarini aylanma mablağlar bilan töldiriş, avtomobillar işlab çiqariş, içki va taşqi bozorlarda sotiş tizimini takomillaştiriş zarurligini ta'kidladi.

Mamlakatda avtomobilsozlik tarmoğini yanada rivojlantiriş konsepsiyasini işlab çiqiş vazifasi qöyildi.
Avtosalonlarning joylaşişi va avtomobillar taqsimotini qayta körib çiqiş, içki bozorda avtomobillarni sotiş tizimini tartibga soliş masalalariga ham e'tibor qaratildi.
Yiğilişda muhokama qilingan masalalar böyiça mutasaddilarga topşiriqlar berildi.











