24 nafar rossiyalik milliarderning umumiy boyligi 2018 yilning yanvar-iyun oylarida 3,271 mlrd dollarga köpaydi. Bundan Bloomberg Billionaires Index (BBI) indeksi ma'lumotlari darak bermoqda.

Indeks milliarderlar öz uluşiga ega bölgan kompaniyalar aksiyalari narxi va hisoboti asosida hisoblab çiqiladi. BBI reytingi hammasi bölib dunyoning 500 eng boy odamini öz içiga oladi.

Reyting ma'lumotlariga köra, ayni vaqtda Rossiyaning eng boy odami “Novatek” rahbari Leonid Mixelson hisoblanib, uning boyligi yil boşidan 2,23 mlrd dollarga köpaygan va hozirda 18,9 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. 2-örinni “Severstal”ning asosiy aksiyadori Aleksey Mordaşov egallagan. Biroq uning boyligi körilayotgan davr içida 804 mln dollarga kamayib, 18,9 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. 3-örinni Vladimir Lisin egallagan, u öz boyligini 475 mln dollarga köpaytirib, 18,5 mlrd dollargaça yetkazib qöygan. 

Röyxatning 4-örnini “Nornikel”ning asosiy aksiyadorlaridan biri Vladimir Potanin egallamoqda, u 674 mln dollar yöqotgan. Potaninning boyligi 18,3 mlrd dollarga baholangan. Yuqori beştalikni “Yevroxim” benefitsiari Andrey Melniçenko yakunlamoqda. Uning boyligi 1,62 mlrd dollarga köpayib, 15,4 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. 

“Renova” kompaniyalari guruhining asosiy egasi va direktorlar kengaşi raisi Viktor Vekselberg 6-örinni egallamoqda. U yarim yil içida 880 mln dollar yöqotgan, boyligi 15,4 mlrd dollarga baholanmoqda. 7-örinni egallayotgan “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperovning boyligi aksinça 1,92 mlrd dollarga köpayib, 14,5 mlrd dollarga yetgan.

Alişer Usmonovning boyligi yarim yil içida 250 mln dollarga kamaygan va 14,2 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. Keyingi örinlarda kelayotgan Roman Abramoviç 1,27 mlrd dollarga boyigan (umumiy boyligi 13,8 mlrd dollar), Mixail Fridman 852 mln dollar yöqotgan (13,5 mlrd dollar), Gennadiy Timçenko esa 1,29 mlrd dollarga boyigan (12,4 mlrd dollar).

Oleg Deripaska dunyoning eng boy 500 kişisi reytingidan çiqib ketdi. Aprelda Deripaska va unga tegişli kompaniyalar (En+ Group, “GAZ”, “Bazovyy element” va “Rusal”) AQŞ sanksiyalari ostiga tuşgaç, “Rusal” va En+  aksiyalari keskin arzonlaşib ketgan. Deripaskadan taşqari reytingni Suleyman Kerimov, Mixail Gutseriyev va Yuriy Milner tark etgan.