Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2 iyul kuni imzolangan «Suv resurslaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ–3823-son qaroriga köra, Özbekistonda 2018 yilning 1 oktabridan boşlab yer usti va yer osti suv manbaalaridan foydalaniş soliği oşirildi.
1 oktabrdan sanoat korxonalari va avtomobillarni yuviş şoxobçalari uçun suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq oşadi.
Jumladan, avtomobillarni yuviş şoxobçalari soliqlar yiğiş tizimidan qat'i nazar (soliq yiğişning umumiy yoki soddalaştirilgan tartibi), hatto yagona soliqni tölagan bölsa ham, uşbu soliqqa tortiladi.
Yuqoridagi farmonga köra, 1 oktabrdan suv resurslaridan foydalanganlik uçun quyidagiça soliq tölanadi:
Iqtisodiyotning barça tarmoq korxonalari (2—6-bandlarda körsatilganlaridan taşqari), dehqon xöjaliklari (yuridik va jismoniy şaxslar), şuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş jarayonida suv resurslaridan foydalanadigan jismoniy şaxslar — yerusti suv resurslari manbalari uçun 98,2 söm, yerosti suv resurslari manbalari uçun 124,8 söm;
Sanoat korxonalari (3—6-bandlarda körsatilganlaridan taşqari) — yerusti suv resurslari manbalari uçun 300,3 söm, yerosti suv resurslari manbalari uçun 360,0 söm;
Avtotransportlari yuvişga ixtisoslaştirilgan korxonalar — (Mazkur korxonalar suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliqni soliq soliş tizimidan (soliq solişning umumbelgilangan yoki soddalaştirilgan tartibi) qat'i nazar, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qömitasi tomonidan belgilangan tartibda tölaydi) — yerusti suv resurslari manbalari uçun 1000,0 söm, yerosti suv resurslari manbalari uçun 1250,0 söm;
Elektr stansiyalari — yerusti suv resurslari manbalari uçun 28,4 söm, yerosti suv resurslari manbalari uçun 42,2 söm;
Kommunal xizmat körsatiş korxonalari — yerusti suv resurslari manbalari uçun 53,9 söm, yerosti suv resurslari manbalari uçun 69,7 söm;
Alkogolsiz içimlik işlab çiqaruvçi korxonalar:





