Yaponiyada daryo qirğoqlari yaqinida va köçki xavfi yuqori bölgan hududlarda istiqomat qiluvçi 30 ming aholiga zudlik bilan boşqa joylarga köçiş körsatmasi berildi. Bu haqda NHK telekompaniyasi xabar qilmoqda.
Birgina Kitakyusyu şahrida 12 ming kişiga şunday buyruq berilgan. Kiotoda 18 ming odam köçişi kerakligi aytilgan. Janubi-ğarbiy va markaziy tumanlarda surunkali yomğirlarning tinmayotgani tufayli köçki va daryolarning özanidan toşib ketiş xavfi ortmoqda. Suv toşqinlarida odamlarning oqib ketgani haqida ma'lumotlar paydo bölmoqda.
Xususan, Aki şahrida daryolar özanidan çiqib ketişi oqibatida 22 kişi köçişga ulgurmagan. Köplab odamlar qutqaruvçilarni uylarining tomida kutayotgani xabar qilinmoqda. Şahar ma'muriyati qutqaruvçilar öz vazifalarini uddalay olmayotgani sababli mudofaa kuçlarini yordamga çaqirgan.












