Yaponiyada 4,3 milliondan ortiq kişiga kuçli jala va uning oqibatida yuzaga kelgan suv toşqini va köçkilar sababli yaşaş joylarini tark etiş tavsiya qilindi.
Kiodo agentligining xabar berişiça, evakuatsiya tavsiyasi mamlakatdagi 47 prefekturadan 23tasida amal qiladi. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş va qutqaruv operatsiyalarini ötkaziş uçun 54 mingdan ortiq politsiya, yonğin xavfsizligi va mudofaa vazirligi xizmatçilari jalb etilgan.
Juma kuni Yaponiyaning markaziy va janubi-ğarbiy qismlarida kuçli jala quydi. Yakşanba kuni Gifu prefekturasida 1050 millimetrdan ortiq, Exime prefekturasida 745 millimetr, Kiotoda 465 millimetr, Xirosimada 442 millimetr, Xyogoda 430 millimetr yoğin yoğdi. Okayama prefekturasida uylarning ikkinçi va undan baland qavatlari suv ostida qoldi.
Meteorologlarning taxminlariga köra, Yaponiyaning janubi-ğarbiy va markaziy hududlarida soatiga 200 millimetrgaça yoğingarçilik yakşanba kuni ham davom etadi. Vayrongarçilik va suv toşqinlari haqidagi xabarlar kelişda davom etmoqda. Xirosima prefekturasida daryo ustidagi temir yöl köprigini suv oqizib ketdi. Okayama prefekturasida odamlar uylar tomida yordam kutişmoqda.
Ayni paytga kelib 68 kişi halok bölgan, tört kişi behuş holda va 59 kişi bedarak yöqolgan.












