Özbekistonda faoliyat yurituvçi Termez Tourism Travel xususiy kompaniyasi sayyohlar uçun zamonaviy va qulay Mercedes rusumidagi mikroavtobuslarni xarid qilmoqda.

Ta'kidlaş joizki, sönggi yillarda Yaponiya va Janubiy Koreya kabi rivojlangan davlatlardan keluvçi sayyohlar oqimi keskin köpaymoqda va bu birinçi marta şunday toifadagi turistik transport vositalarining xarid qilişga imkon yaratdi. 

KUN.UZ manbasining xabar berişiça, hozirça bunday rusumdagi 3 mikroavtobus xarid qilingan bölsa, yana 9 ta şunday transport vositasi joriy yilning sentabr oyigaça kelişi kutilmoqda. Ayni damda yana 4 ta Mercedes mikroavtobusi xaridiga doir şartnoma tuzilmoqda. 2018 yil oxiriga qadar jami 16 ta zamonaviy Mercedes mikroavtobusi xarid qilinib, sayyohlar uçun xizmat qiladi. 

Bundan taşqari, Möynoqdagi turistik firma ham berilgan imtiyozlardan foydalanib, sayyohlar uçun zamonaviy jip avtomobillarini xarid qildi. Bu esa Orol böyida sayohat qilişga qiziqqanlar uçun öziga xos qulaylikdir. 

Afsonaviy Orol böyidagi Möynoq Tour kompaniyasiga tegişli dam oliş maskanida sayyohlar uçun qator ötovlar qurilgan. Dam oliş maskani zamonaviy qayiqlar, kvadrosikllar kabi texnikalar bilan ta'minlangan. Endi ularning qatori zamonaviy jip avtomobillari bilan ham boyitildi. 

Har bir turistik kompaniya şu tariqa berilgan imtiyozlardan foydalanib, öz xizmatlari, turistik mahsulotlari kölamini kengaytirişga va sifatini oşirişga harakat qilsa hamda buning uddasidan çiqsa, Özbekistonning xorijiy sayyohlar oldidagi nufuzi yanada oşişi şubhasiz.